Mozilla Location Service
Mozilla Location Service (Mozilla joylashuv xizmati) ― uyali aloqa stansiyasi identifikatorlari va Wi-Fi ulanish nuqtalari asosida joylashuvni aniqlashga asoslangan ochiq, kraudsorsing geolokatsiya xizmatidir. 2013-yildan beri ishlaydi.
2019-yil fevral oyida MLS 44,43 mlndan ortiq maxsus uyali aloqa tarmogʻi ID sini va 1450 mln maxsus WiFi tarmogʻi SSID larini toʻpladi (2018-yil, aprel: 37,7 mln UCN va 1145 mln UWN (2016-yil, noyabr: 28 mln UCN va 757 mln UWN (2015-yil, noyabr)): 17 mln UCN va 427 mln UWN). Android uchun Mozilla Stumbler mobil ilovasi Google Play doʻkonida va F-Droid da mavjud.
Mozilla WiFi tarmoqlarining SSID ni (masalan, „Simpson-family-wifi“) yigʻmaydi, lekin u BSSID ni (koʻpincha, WiFi qurilmaning MAS-manzili) yigʻadi. Mozilla ilovalari SSID yashirin boʻlgan yoki „_nomap“ (masalan, „Simpson-family-wifi_nomap“) qatori bilan tugaydigan WiFi ulanish nuqtalari haqida maʼlumot toʻplamaydi.
Mozilla jamoatchilik mulki litsenziyasi (SS-0) asosida yacheykalar joylashuvi haqidagi maʼlumotlarning jamlangan toʻplamini (MLS Cell Network Export Data) nashr etadi. Uyali maʼlumotlar bazasidan farqli oʻlaroq, qayta ishlanmagan WiFi maʼlumotlar bazasi hammaga ochiq boʻlmaydi, chunki unda maʼlumot yuklanayotgan foydalanuvchilar va WiFi qurilmasi egalarining shaxsiy maʼlumotlari boʻladi. Shunga qaramay, Mozilla tasarrufidagi ushbu maʼlumotlarni oʻzining korporativ hamkori Combain AB bilan baham koʻradi.
Mozilla joylashuv xizmati Firefox da standart holatda ishlatilmasa-da, xizmat Vivaldi brauzerida qoʻllanadi, shuningdek, GNOME va KDE muhitlari tomonidan ob-havo va xaritalar kabi joylashuvga bogʻliq ilovalarda foydalaniladigan, GPS boʻlmagan qurilmalar uchun GeoClue omborining asosiy joylashuv manbaidir.