Muʼammil Jassos
Muʼammil Jassos – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Sherozda yashagan. Iroq va Arabistonga safar qilgan. Jaʼfar Hazzo, Abu Abdulloh Xafif Sheroziy, Abulhusayn Muzayyin, Ali bin Shulluya bilan hamsuhbat boʻlgan. Garchi yozuv-chizuvdan bexabar boʻlsa-da, tavhid va irfon ilmining yirik bilimdoni sanalgan.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |