Muasfar
Muasfar soʻzi eski oʻzbek tiliga fors-tojik tili vositasida oʻtib oʻzlashgan, arabcha kalimadir. Muasfar — gulning bir turi bolib, u qizil rangga moyilroq sariq ranglidir.Alisher Navoiy asarlarida ham qollangan:
Tangi nafas etti oni asfar, Ul rang ilakim gulibmuasfar. (Layli va Majnun, 831)
Mazkur soʻz eski tojik tilida Firdavsiy ijodida ham yuqorida qayd etilgan shakl va maʼnoda qoʻllangan. Muasfar soʻzi yasamadir. Uning etimoni arab tilidagi صفر asosiga borib bogʻlanadi. Bu asosdan hozirgi arab tilida sariq, sariqlik, sariq rang maʼnolarida koʻp soʻzlar yasalgan. Lekin hozirgi eroniy va turkiy tillarda muasfar soʻzi qoʻllanmaydi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 61-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.