Muayididdin Nasafiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muayididdin Nasafiy (arabcha: مؤيد الدين النسفي — Muayididdin Nasafiy — Toʻliq ismi: Muayididdin Nasafiy (XII asr) — Shoir.
Muayididdin Nasafiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir |
Hayoti va faoliyati
tahrirMuhammad Afviy o‘zining „Lubobu-l-albob“ tazkirasida uni „Ustodu-sh-shuaro“ („Shoirlar ustodi“) deb ataydi. U garchi Nasafda tug‘ulgan bo‘lsa-da, Samarqandda yashagan va Qoraxoniy hukmdorlar vasfida qasidalar bitgan. Jumladan, „Pahlavonnoma“ nomli masnaviysi Qoraxoniy hukmdor Pahlavon Jaloliddinga bag‘ishlangan. Uning asarlari o‘z vaqtida nihoyatda mashhur bo‘lgan. „Uning sheʼrlar devoni qizil gugurt va tillarang yoqut kabi aziz va kamyobdir“, deb yozadi Muhammad Afviy. Afsuski, shoirning sheʼrlar devoni va yuqorida tilga olingan „Pahlavonnoma“ masnaviysi bizgacha yetib kelmagan. XII asrda Movarounnahrda yashagan boshqa shoirlar singari Muayiddin Nasafiy ham qashshoqona hayot kechirgan. Uning qasidalari va qitʼalarida aks etgan turmush uqubatlaridan shikoyat ana shundan dalolat beradi. „Lubobu-l-albob“da shoirning ikki qasidasi, bir qitʼasi va bir ruboiysi keltarilgan.[1]
Asarlari
tahrir“Pahlavonnoma”
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 467.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |