Muborak Shoh II
Muizuddin Muhammad Muborak Shoh (forscha: مبارک شاه), tavallud paytidagi ismi Muborak Xon (forscha: مبارک خان) – 1421–1434-yillarda Dehli sultonligini boshqargan Sayyidlar sulolasining ikkinchi monarxi.
Muborak Shoh II | |
---|---|
Muizz-ud-Din | |
26-Dehli sultoni | |
Saltanat | 21-may 1421 – 19-fevral 1434 |
Oʻtmishdoshi | Xizr Xon |
Davomchisi | Muhammad Shoh IV |
Nominal hukmronlik ostida | Shohrux Mirzo |
Tugʻilishi | 1378 |
Vafoti | 1434-yil 19-fevral |
Uy | Sayyidlar sulolasi |
Otasi | Sayyid Xizr Xon |
Dini | Islom |
Ajdodi
tahrirMuborak Xon sulton Muborak Shoh Xizr Xonning oʻgʻli boʻlgan.
Hayoti
tahrirMuborak Shoh II otasi Xizr Xondan keyin 1421-yilda taxtga oʻtirgan. Tavallud paytidagi ismi Muborak Xon boʻlib, hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Muizz-ud-Din Muborak Shoh yoki oddiygina Muborak Shoh nomini olgan. Sayyidlar o;sha vaqtda Amir Temurning vorisi Shohrux Mirzoga boʻysungan boʻlsa-da, Muborak Shoh mamlakatda sulton sifatida tan olingan. Shu bilan birga Temuriylar imperiyasi poytaxti Hirotdan Muborak Shoh uchun chopon yuborilgani va chatr (tantanali marosim) uyushtirilgani ham oʻsha davrda unga sadoqat koʻrsatilganidan dalolat beradi.
Muborak Shoh hukmronligi davrida hokimiyatga Dehli sultonligining katta hududlarni bosib olishga erishgan va hatto 1431-yilda Dehliga ham yurish qilgan panjoblik musulmon sulton Jasrat tomonidan katta tahdid solingan. Biroq Muborak Shoh yirik qoʻshin bilan unga qarshi yurish qilganidan keyin Jasrat orqaga chekingan[1]. Ushbu buyuk gʻalabadan 2 yil oʻtib, Muborak Shoh 1434-yilda oʻldirilgan va uning oʻrniga jiyani Muhammad Shoh oʻtirgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Lal, K. S. (1958). "Jasrat Khokhar". Proceedings of the Indian History Congress 21: 274–281. ISSN 2249-1937. https://www.jstor.org/stable/44145212.
- ↑ Jackson 2003.
Adabiyotlar
tahrir- Jackson, Peter. The Delhi Sultanate : a political and military history, 1st, Cambridge: Cambridge University Press, 2003. ISBN 9780521543293.
- „Sayyid dynasty“ (en). Encyclopedia Britannica.