Muborak Yoʻldosheva

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Muborak Yoʻldosheva (1920-yil, Orjonikidze tumani, Toshkent viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1957)[1].

Muborak Yoʻldosheva
Tavalludi 1920-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

Muborak Yoʻldosheva 1920-yil Orjonikidze tumanida tavallud topgan. Yoʻldosheva Orjonikidze tumanidagi Kirov nomli kolxozda kolxozchi, zveno va brigada boshligʻi (1934—1966), bolalar bogʻchasi mudirasi (1967—1970), 1971-yildan yana kolxozchi boʻlib ishlagan. Yoʻldosheva boshliq brigada 1956-yilda 60 gektar yerning har bir gektaridan 45 sentnerdan paxta yetishtirgan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzSE 1974, s. 220

Adabiyotlar tahrir

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640 bet.