Yormuhammad Muborakov
(Muborakov Yormuhammad Nurupovichdan yoʻnaltirildi)
Yormuhammad Nurupovich Muborakov (1944.22.4, Olmaota viloyati, Uygʻur tumani-1999.18.11, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari doktori (1989), professor (1991). ToshDU ni tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari, direktori (1970—97). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning fizikamat va texnika fanlari kompleksi raisi oʻrinbosari (1998—99). Asosiy ilmiy ishlari yer osti fazoviy inshootlarini seysmik kuchlar taʼsirida deformatsiyalanish-zoʻriqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid.
Yormuhammad Muborakov | |
---|---|
Tavalludi | 22-aprel 1944-yil |
Vafoti |
18-noyabr 1999-yil (55 yoshda) Toshkent |
Manbalar
tahrir- Seysmodinamika podzemnix soorujeniy tipa obolochek, T., 1987.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |