Mugua
Mugua (milloddan avvalgi II—I asrlar) – qadimgi Dovon davlati hukmdorlaridan biri, boshqa manbalarga koʻra, Axsikent hokimi[1].
Mugua | |
Dovon davlati | |
Hukmronligining boshlanishi: | Nomaʼlum |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | Miloddan avvalgi 102-yil |
Oʻtmishdosh: | Nomaʼlum |
Voris: | Motsay |
Tugʻilgan sanasi: | Nomaʼlum |
Vafot sanasi: | Miloddan avvalgi 102-yilda oʻldirilgan |
Vafot joyi: | Ershi (Axsikent) |
Tarixi
tahrirMugua Xitoydan kelgan elchini sababsiz qatl ettirgani tufayli, Xan sulolasi imperatori U Di Dovon – Farg‘onaga qarshi urush eʼlon qilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, elchi Fargʻonaning mashhur samoviy otlarini soʻrab kelgani sababli oʻldirilgan[2]. Nikita Bichurinning maʼlumot berishicha, Mugua jasur va qatʼiyatli hukmdor bo‘lib, miloddan avvalgi 104-yili Xitoy qoʻshinlarini tor-mor qilgan. Biroq bu mag‘lubiyatdan Xitoy hukmdori qattiq gʻazablanib, ikkinchi bor askar jo‘natgan. Ikkinchi yurishda shahar qirq kun qattiq qamal ostida qolgan. Og‘ir ahvol yuzaga kelgandan soʻng shahar oqsoqollari kengashi urush aybdori boʻlgan Muguani qatl qilish haqida qaror chiqarishga majbur boʻlgan. Qatl qilingan Mugua oʻrniga oqsoqollardan biri boʻlgan Motsay taxtga oʻtirgan. Motsay xitoyliklarga 3 mingta ot berish orqali tinchlik oʻrnatgan. Biroq xitoyliklar ortga qaytgandan soʻng Motsay hokimiyati aholi tomonidan agʻdarilib, taxtga Muguaning ukasi oʻtirgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Vatan Tarixi 1-qism“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
- ↑ „Xitoy va arab manbalarida Farg‘ona shaharlari“. 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
- ↑ „O'rta Osiyoning qadimgi tarixining Xitoy manbalarida yoritilishi“. 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.