Muhabbat — tasavvufda Allohga yetishish ("haqiqatga erishish")ning asosiy vositasi. Axmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy, Soʻfi Olloyor va shahrik. shoirlar sheʼrlarida insonni bu dunyoga emas, Allohga M. qoʻyishga chaqiradi. Yassaviy fikricha, kishi butun hayotini Allohga, ilohiy M.ga bagʻishlashi kerak, hayotning mohiyati Alloh — "haqiqat"ga erishishdir. Allohdan oʻzgaga boʻlgan M. soliklar nazarida majoziy M. sanalgan. Tasavvufona bitilgan gʻazal va sheʼrlarda majoziy M. orqali haqiqiy M. tarannum etiladi.