Muhammad Ali Jaloyir
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Ali Jaloyir (15–16-asrlar) – sipohiy, shoir. Nisoriy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.
“Majolis un-nafois”da maʼlumot berilishicha, otasi yoki akasi darajasida layoqatli boʻlmagan: Ammo oʻzi ne sipohiyliqda otasigʻa oʻxshar va ne oʻzgaga. Atvorda otasigʻa nisbati bor. Gʻarib tavrlik kishidur. Chun Xuroson ahlining aksari bilurlar, bitimak befoydadur. Ammo sheʼr aytur. Bu matlaʼi yaxshi voqeʼ boʻlubturkim:
Kase hargiz maro begʻam nadidast,
Chu man gʻamdidaye gʻam ham nadidast.
(Mazmuni: Meni birov hech qachon begʻam koʻrmagan, men kabi gʻam koʻrganni gʻamning oʻzi ham koʻrmagan)[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |