Muhammad Amin (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan balxlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni “soda kishi”ligi, koʻp vaqtini kotib va amaldorlar huzurida oʻtkazishi, “dilbaram” soʻzini yettita tajnis bilan aytib, Abulqosim Boburga taqdim etganida, Mirzoga maʼqul tushib quyidagi baytini yod olganligini aytadi:

Ey siyah chashmi xitoi murgʻi jonro bo tu uns.

Baʼzi siyah chashmoni digar hamchu ohu dilbaram.

(Mazmuni: Ey xitoylik qora koʻz, jon qushi senga ulfatdir, boshqa qora koʻzlarga nisbatan dilbarim ohu (kiyik) kabidir)[1][2].

Muhammad Amin Astarobodda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.