Muhammad Ismoil
Muhammad Ismoil (1964-yil, 16-mart, Xovos qo‘rg‘oni, Sirdaryo viloyati, OʻzSSR) — shoir va yozuvch, davlat arbobi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Robindranat Tagor xalqaro mukofoti[1] hamda „Istiqlol tonggi“ mukofoti sovrindori[2][3].
Biografiyasi Tahrirlash
1981—1986-yillarda Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida oʻqigan. Ilk sheʼriy to‘plami 1991-yilda „Tazarru saodati“ nomi ostida chop etilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiyotni targ‘ib qilish byurosi bosh muharriri (1987—1989) va Adabiy konsultanti (1989—1993), „Yoshlik“ jurnali bosh muharriri o‘rinbosari (1993—1996), „Oila va jamiyat“ gazetasi bosh muharriri (1996—1998), O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasining „O‘zbekiston“ telekanali bosh direktori o‘rinbosari (1998—2006), G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU direktor o‘rinbosari hamda bosh muharrir (2006—2009), Toshkent Davlat Madaniyat Institutida faoliyat yuritgan[2][3]. Shuningdek, Marina Svetayeva, Boris Pasternaklarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Kitoblari Tahrirlash
- „Tazarru saodati“ (1991)
- „Tasavvur chiziqlari“ (1998),
- „Ko‘ngil mulkiga safar“ (2001),
- „Sahroyi gullar“ (2001),
- „Siz hamon o‘shasiz“ (2003),
- „Sizni sevmay bo‘ladimi“ (2005),
- „Bahorning eng so‘nggi lolasi“ (2006),
- „Chiroylisan, tengi yo‘q“ (2006),
- „Ko‘ksimni kuydirgan alanga“ (2008),
- „Osmon to‘la orzular“ (2011)
- “Luchezarnaya” (hikoyalari asosida 2011-yil, rus tilida chiqarilgan)
- „Oshufta ko‘ngil“ (Yozuvchi Erkin Usmonov adib haqida)
- „Gapning qisqasi yaxshi“ (2015)
- "Lablaring ismimni aytsin" (2023)[4]
Manbalar Tahrirlash
- ↑ „Muhammad Ismoil: "Matbuot faol ishlaganda, virtual qabulxonaga hojat yo‘q edi"“ (24-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 24-may 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Рубрика: Муҳаммад Исмоил (1964)“. Qaraldi: 21-yanvar 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Muhammad Ismoil (1964)“. Qaraldi: 21-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Gapning qisqasi yaxshi. Yozuvchi o‘ylari, kuzatuvlari, kechinmalari“.