Muhammad Latif Ansoriy (1887-1979) — professor, olim[1].

Muhammad Latif Ansoriy
Tavalludi 1887-yil 30-sentybar (hijriy 1305-yil Muharram oyi)
Britaniya Hindistoni
Vafoti 1979-yil
Fuqaroligi Pokiston-Hindiston
Kasbi professor, olim
Dini Islom
Mashhur ishlari Tārīk̲h̲-i Ḥasan Mujtabá, Karbalā kī kahānī, Qurʼān kī zabānī

Biografiyasi tahrir

Muhammad Latif Ansoriy Britaniya Hindistonida tugʻilgan, lekin Hindiston mustaqillikka erishganidan soʻng darhol yangi tashkil etilgan Pokistonga koʻchib oʻtgan va u yerda Vazirobod shahrida istiqomat qilgan. U hayotining koʻp qismini Keniyada oʻtkazgan. Shu kunga qadar Ansoriy Keniyadagi shia jamiyati tomonidan mamlakatga faol va uyushgan shialikni olib kelgan shaxs sifatida eslanadi[2]. Muhammad Latif Ansoriy hayotining soʻnggi oʻn yilini qisman falaj holda oʻtkazgan. U sermahsul ijod qilgan yozuvchi boʻlsa-da, koʻp kitoblari nashr etilmagan.

Pokistonda yashagan yillari tahrir

Muhammad Latif Ansoriy Britaniya Hindistonining boʻlinishiga qadar, shuningdek, Pokiston mustaqilligining birinchi oʻn yilligida ham shia ilmiy jamiyatining aʼzosi boʻlgan. U 1940-yillarda Britaniya hukmronligi ostida Panjob Shia Konferensiyasining (PuSC) Bosh kotibi boʻlib ishlagan, tashkilotning passivligi va yillik aʼzolik badallarini undira olmasligi va haftalik „Razâkar“ jurnalini muntazam nashr eta olmasligiga qarshi kurashgan[3]. 1947-yilda Hindiston mustaqil boʻlgandan soʻng Vazirobodga koʻchib kelgan Ansoriy Butun Pokiston shia konferensiyasining (APSC) birinchi Bosh kotibi etib saylangan[4].

Ansoriy bu yillardagi shia tabligʻining ahvoli bilan qattiq tashvishlanib, bu hodisaning shialik kelajagi uchun qanday taʼsir koʻrsatishi haqida koʻp yozgan va gapirgan[5].

Keniyaga migratsiya tahrir

Muhammad Latif Ansoriy 1950-yillarda Janubiy Osiyodan Keniyaga joʻnab ketgan va oʻzining xorijiy shia jamoalariga vaʼz qilish orzusini amalga oshirgan[2]. Oʻsha paytda Ansoriy allaqachon taniqli din arbobi boʻlib ulgurgan edi, lekin shunga qaramay, Keniyadagi nisbatan taniqli boʻlmagan shia jamoasi tarkibidagi Janubiy Osiyodan kelgan bir qator olimlar safiga qoʻshilgan[6]. Ansoriy u yerda jamiyatning bugungidek farovonlikka erishishi uchun katta yordam bergan. U 1958-yil dekabr oyida Arusha konferensiyasida soʻzlagan nutqi bilan mamlakatda bugungi kungacha eslab kelinadi[2][7]. Uning saʼy-harakatlarining katta qismi Xoja jamoasiga qaratilgan[2].

Merosi tahrir

Kanada, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Eron, Pokiston va Keniyadagi olimlar uning asarlaridan manba sifatida foydalanganlar[8].

Asarlari tahrir

 
Urdu tilida Karbalā kī kahānī, Qurʼān kī zabānī kitobi nusxasi

Muhammad Latif Ansoriyning aksariyat asarlari urdu tilida yozilgan. Uning asarlari bugungi kunda bir qancha universitet kataloglari va kutubxonalarida saqlanib qolgan[1].

Ansoriy Sayyid Ali Ashgar Razviy nomi „Islom va musulmonlar tarixining qayta bayoni“ asarida ham manba sifatida tilga olingan[8].

Muhammad Latif Ansoriyning baʼzi nashrlariga quyidagilar kiradi:

  • Islam Aur Musalmano Ki Tareekh (Islom va musulmonlar tarixi)[8][9]
  • Tārīk̲h̲-i Ḥasan Mujtabá (Al-Hasan al-Mujtaba tarixi)[1][10]
  • Shazada-e-Yathrib Alam-e-Hijrat Mein
  • Maʼarejal Irfan[11]
  • Karbalā kī kahānī, Qurʼān kī zabānī (Karbalo qissasi Qur’on soʻzlarida)[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „WorldCat File“. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "WC" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Synopsis of the Khoja Shia Ithna Asheri - BILAL OF AFRICA“. coej.org. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Rieck, Andreas. The Shias of Pakistan: An Assertive and Beleaguered Minority, First, 2015 — 45 bet. ISBN 978-0190240967. 
  4. Rieck, Andreas. The Shias of Pakistan: An Assertive and Beleaguered Minority, First, 2015 — 59 bet. ISBN 978-0190240967. 
  5. Rieck, Andreas. The Shias of Pakistan: An Assertive and Beleaguered Minority, First, 2015 — 83 bet. ISBN 978-0190240967. 
  6. „E-Book of 12 Personalities“. dewani.ca.
  7. Highlights of Bilal Muslim Mission of Tanzania (1965 — 1986), Page 6
  8. 8,0 8,1 8,2 Sayyid Ali Ashgar Razwy. „A Restatement of the History of Islam and Muslims“. Al-Islam.org. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "al-islam" defined multiple times with different content
  9. „Online Copy at Ziaraat.com“. ziyaraat.net.
  10. „University of Chicago File“.
  11. „A picture of a copy of Ma'arejal Irfan“. 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.

Havolalar tahrir