Muhammad Murolov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Murolov Kanal — 1872-yili tug‘ilgan, Shahrisabz rayoni Ammag‘on qishlog‘idan, o‘zbek, quloqqa tortilgan. 1931-yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun 3 yil qamoq jazosiga, 2 yil surgunga hukm qilingan, qamoq jazosini o‘tagan, surgundan bosh tortgan, diniy xizmatchi — imom. Doiiy ravishda targ‘ibot olib borganlikda, aksilinqilobiy, bo‘hton mish-mishlar tarqatganlikda, xalq dushmanlari to‘g‘risida ijobiy fikr bildirganlikda, kolxozchilar orasida ruhoniy xodimlar tayyorlash uchun musulmon maktablarini tashkil etish zarurligini tushuntirganlikda, kolxozchilarni davlat majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 94-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.