Muhammad Toshevich Oʻrozboyev (1906.20.5, Qoʻqon 1971.9.5, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat qoʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). texnika fanlari doktori (1947), professor (1938), Oʻrta Osiyo universitetining ishchi fakultetini (1928), Moskva oliy texnika bilim yurtini (1932), Moskva universitetining matematikamexanika fakultetini (1934) tugatgan. Toshkent toʻqimachilik institutida kaf. mudiri va direktor oʻrinbosari (1936—47), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar instituti direktori (1947—57), Ilmiytexnika davlat qoʻmitasi raisi (1957—61), Toshkent politexnika instituti rektori (1963— 71), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi hamda Mexanika va boshqarish jarayonlari boʻlimining akademik kotibi (1970—71), "Fan va turmush" jurnali bosh muharriri (1970—71).

Asosiy ilmiy ishlari mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga doir. Oʻzbekistonda seysmik mustahkamlikning dinamik nazariyasi va qobiqlar nazariyasiga oid ilmiy maktab yaratgan, mexanika fanining koʻp ilmiy yoʻnalishlariga asos solgan. Oʻ. paxta terish mashinalariga oid ilmiy tekshirish ishlariga, seysmik mustahkam inshootlar sohasida amaliy va nazariy izlanishlarga rahbarlik qilgan. Davlat mukofoti (1952), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent koʻchalaridan biri Oʻ. nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar

tahrir

Materiallarqarshiligi, 1—2t., 1960— 65; Seysmostoykost gidrouprugix sistem, T., 1966; Nazariy mexanika asosiy kursi, T., 1966; Materiallar qarshiligi asosiy kursi, T, 1973.

Havolalar

tahrir