Ta'rixi

tahrir
Buxoroda sadri a’lam Muhammad Orifxoja oxund onasi qabri yonida 8 hujra va 1 darsxonali madrasa hamda 1 maktabxona qurdirgani Qozikalon Mir Badriddin arznomasida ma’lum qilinadi. Madrasa hujralarida 2 nafardan o‘quvchi yashab ta’lim olgan. Ushbu o‘quv dargohi sohibi qurdirgan madrasasiga 1 nafar mudarris, farrosh va maktabdor tayinlanishini so‘raydi. 7 hujra talabalar va 1 hujra farroshga (u ham talaba) beriladi. Ushbu madrasa va maktabga vaqf mulki ajratilgan. Vazifadorlar qatorida 1 nafar maqsuraxon ham bo‘lgan. U doim marhumlar ruhiga Qur’on tilovat qilishi kerak bo‘lgan.

Qozikalon Mir Badriddin arznomasida hujralarga qo‘yilgan14 nafar talaba nomi berilgan. Hoji Qosim madrasasi mudarrisi mulla Ahmadxoja bu yerga kelib dars o‘tishga tayinlanadi.

Бухоро таълим тизими тарихи [Матн] / А.Жуманазар. Тошкент: Акаdеmnashr, 2017. – 592 б.