Muhammad Rahimbiy- Muhammad Hakimbiyning o'g'li hisoblanadi. Muhammad Hakimbiy Buxoro amirligida otaliq lavozimida ishlagan. Keyinchalik 1740-yilda Eron shoxi Nodirshox [1]Buxoro amirligini egallaydi va otasi Hakimbiyni bosh vazir (qo'shbegi) etib tayinlaydi. Hakimbiy 1743 yilda vafot etgach, Rahimbiy Buxoroga qaytadi va otasining o'rnini- otaliq lavozimi egallaydi. Keyinchalik Buxoro taxti uchun kurashadi va 1756 yilda to'liq hokimyatni egallaydi. Muhammad Rahim vafotidan so'ng taxtga amakisi Doniyolbiy otaliq kelgan. [2]

  1. „Nodirshoxning yurishi“.
  2. O'zbekiston tarixi. 8-sinf. Qayta to'ldirilgan 4-nashri. 2019 yil. 51-53 betlar.