Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy (arabcha: محمد صالح نيدوي سمرقندي — Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy — Toʻliq ismi: Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy (taxminan XV asr)) — shoir va Soʻfiy.
Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir, Soʻfiy |
Hayoti va Faoliyati
tahrirShoir va olim allomaning tarjimai holiga doir hech qanday maʼlumotga ega emasmiz. Uning soʻfiylikka oid „Hujjatu-l-anzor“ („Nazarlar hujjati“) nomli sheʼriy asari saqlanib qolgan. Bu kitobning XV asrda Alisher Navoiy zamondoshi mashhur xattot Mir Ali Kotib tomonidan Hirotda koʻchirilgan nusxasi OʻzR FA Sharqshunoslik institutida (inv. № 346) saqlanmoqda. Demak, Muhammad Solih Nidoiy XV asrda yoki undan ilgari yashagan va „Qomusu-l-aʼlom“ („Bilimdonlar qomusi“) asarida bu shoir eslatib oʻtilgan[1]. Shuningdek, shoirning „Devon Nidoiy Samarqandiy“ va „Masnaviyi Abdullohxon noma“[2] kabi asarlari ham bizga maʼlum.
Asarlari
tahrir- „Hujjatu-l-anzor“,
- „Devon Nidoiy Samarqandiy“,
- „Masnaviy Abdullohxon noma“
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |