Muhammad Tolib (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning devonatabiat yigitligi, tolibi ilm ekani, shatranj (shaxmat) va muammo ilmi bilan mashgʻulligi haqida maʼlumot berib “Majd” ismiga bitilgan muammosini keltiradi[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.