Muhammad Xudobanda (محمد خدابنده) – Shoh Tahmosb I ning oʻgʻli. Tugʻilgandan boshlab uning sogʻligʻi yomon boʻlib, koʻrish qobiliyati yaxshi boʻlmagan. Qizilbosh qabilasidan boʻlgan Tekeli[1] tarbiyasini olgan. 1571—1577-yillarda Fors viloyatida hokimlik qilgan. 1577-yilda haddan tashqari shafqatsizligi hukmron doiralarda norozilik uygʻotgan oʻzidan oldingi Shoh Ismoil IIni (1576-77) zaharlangan. Shunday soʻng Safaviylar imperiyasida hokimiyat tepasiga Muhammad Xudobanda kelgan. Uning hukmronligi davrida eshikagʻaboshi (saroy qoʻriqchisi) quyidagilar[2] edi:

  • Husaynquli Xon Shomli (1577-1581)
  • Gur Xams Xon Ustojli (1581)
  • Mahdiyquli Xon Shomli (1581)
  • Piri Bek Shomli (1585)
  • Rizoquli Bek (1587)
Muhammad Xudobanda
Tavalludi 1531
Vafoti 1595
Fuqaroligi Safaviylar davlati
Otasi Tahmosb I
Onasi Sultanum Begum

Manbalar tahrir

  1. R. Savory. {{{title}}}. 
  2. Moḥammad Rafiʿ Anṣāri, „Dastūr al-Mulūk“, p. 167