Muhammad ibn Abd Keshiy
Muhammad ibn Abd Keshiy Abdulhamid Keshiyning oʻgʻli oʻz otasidan koʻplab hadislar rivoyat qilgan. Muhammad ibn Abd Keshiydan koʻplab muhaddislar hadis keltirgan. U ota-bobolarining maʼnaviy merosini asosiy davomchilaridan hisoblanib, keshiylar sulolasini davom ettirgan. U Muhammad Abu Jaʼfar Kabiy (Keshiy) ham deb nomlangan va 286/899 yilda vafot etgan[1]. Muhaddisning oʻgʻli otasidan soʻng uning ilmiy merosini davom ettirgan. Otasi va bobolari haqidagi tarixiy maʼlumotlarni Abdulhamid Keshiyning musnad va tafsir asarlarini keyingi avlodlarga etkazilishida katta xizmat qilgan. Muhammad ibn Abd Keshiyning asosiy ustozi oʻz otasi Abdulhamid Keshiy hisoblanadi undan arab tili, hadis, tafsir va boshqa fanlardan tahsil olgan. Keshiylar sulolasining kenja vakili Muhammad Keshiy quyidagi ustozlardan ham ilm-maʼrifat oʻrganib ulardan hadislar rivoyat qilgan. Ular Abu Ismoil Abdurrahmon ibn Uʼbbod ibn Ismoil Maʼvaliy[2], Muhammad ibn Gʻolib ibn Abdurrahmon ibn Yazid[3], Usmon ibn Shayba[4], Hasan ibn Haysam Abu Ali Mazaniy Bagʻdodiy[5], Ubaydullo ibn Muso, Yahyo ibn Mugʻira[6], Bishr Ibn Aflah Keshiy[7] va boshqalar. Muhammad ibn Abd Keshiy ham ulugʻ ustozlardan olgan ilmni oʻz shogirdlariga taʼlim bergan. Undan quyidagi kishilar hadis rivoyat qilishgan. Ular Ibn Sakin[8] Aʼmr ibn Muhammad[9], Abdulmumin ibn Xalaf Nasafiy[10], Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy[11], Husayn Ibn Ismoil Forisiy[12] va boshqalar. Muhammad ibn Abd Keshiy otasining eng keyingi shogirdi boʻlgan „Musnad Abd“ va „Tafsir Abd“ asarlarini muhaddisning oʻzidan eshitib yozib olgan Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy bilan birga hatto unga ustoz boʻlib, ana shu buyuk merosni yozma holda saqlanib qolishida ilmiy hamkorlikda ish olib borgan. Muhaddis asarlarining qoʻlyozma nusxalari Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy orqali bizgacha etib kelgan. Muhammad ibn Abd Keshiy va uning oilasiga oʻxshash ilm-maʼrifat, hadis ilmi yoʻlida xizmat qilgan oilaviy sulola vakillari tarixda juda kam uchraydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Заҳабий. Тариху-л-ислом. – Байрут: Дору китоби арабий, 1987. – Ж. 21. – Б. 274.
- ↑ Самъоний (506-562 ҳ.). Ансоб.– Байрут, Дорул фикр. 1998. – Ж.2. – Б. 461.
- ↑ Ибн Ҳажар Асқалоний. Исобату фий тамйизи-с-саҳобати. – Байрут. Дору Ҳийл. 2009. – Ж. 7. – Б. 219.
- ↑ Муҳаммад ибн Ҳиббон (354 ҳ.в.) Мажруҳийн мин муҳаддисийн. 2009. – Ж. 2. – Б. 15.
- ↑ Хатиб Бағдодий. Тариху Бағдод. – Байрут: Дору китоби илмий, 1995. – Ж. 7. – Б. 450.
- ↑ Ибн Асокир. Тариху-л-Дамашқ. 2009. – Байрут. – Ж.22. – Б.78. ва – Ж. 62. – Б.672.
- ↑ Ибн Ҳажар Асқалоний (773/852ҳ.). назҳату-л-албоб фий-л-алқоб. – Риёз. Мактабату рушд, 1989. – Ж. 1. – Б. 123.
- ↑ Ибн Ҳажар Асқалоний. Исобату фий тамйизи-с-саҳобати. – Байрут. Дору Ҳийл, 2009. – Ж. 7. – Б. 219.
- ↑ Муҳаммад ибн Ҳиббон (354 ҳ.в.) Мажруҳийн мин муҳаддисийн. 2009. – Ж. 2. – Б. 15.
- ↑ Заҳабий. Тариху ислом. Дору китоби арабий, 1987. – Ж. 21. – Б. 274.
- ↑ Ибн Асокир. Тариху-л-Дамашқ. – Байрут. 2009.– Ж. 62. – Б.672.
- ↑ Абу Наъим Аҳмад Исбаҳоний (430 ҳ.в.). Маърифату-с-саҳоба. – Риёз: Дору-л-ватан, 1998. – Ж. 3. – Б. 1640.