Muhammad ibn Fazl Balxiy — (vafoti 931-yil.) Muhaddis, soʻfiy va mutakallim boʻlgan.

Muhammad ibn Fazl Balxiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, so‘fiy, mutakallim

Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl ibn Abbos ibn Hafs Balxiy  ahli sunna val jamoa ulamolaridan b-b, sunniy tasavvuf bilimdoni boʻlgan. Muhammad ibn Fazl Balxiy Balxda yashab, mashhur shayx Ahmad Xizruyaning (vafoti. 240/854-yil.) shogirdi boʻlgan. Balxdan haydalib, Samarqandda yashagan va shu yerda 319/931 y. vaf.e. Muhammad ibn Fazl Balxiy mashhur olimlar Abulqosim Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abu Mansur Moturidiy Samarqandiylarga ustozlik qilgan. Abu Abdurrahmon Sullamiy: „Xuroson mashoyixlarining ulugʻlaridan boʻlgan“, — deydi. Muhammad ibn Fazl Balxiy Ibn Imodning „Shazarotu-z-zahab“, Ibn MulqinningTabaqotu-l-avliyo“ va V. V. BartoldningTurkistonning madaniy hayoti tarixi“ nomli asarida eslatib oʻtilgan[1].




Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. Abu Abdurrahmon Sullamiy. Tabaqotu-s-sufiyya. - B. 171-175.