Muhammad ibn Jibril Xarqoniy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abu Bakr Muhammad ibn Jibril ibn Yahyo ibn Jibril ibn Solih ibn Yusuf Xarqoniy — muhaddis.
Muhammad ibn Jibril Xarqoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
AAbu Bakr Muhammad ibn Jibril ibn Yahyo ibn Jibril ibn Solih ibn Yusuf Xarqoniy 452/1060-yili Xarqona qishlogʻida tavallud topgan boʻlib, dastlabki ilmni oʻz qishlogʻida olib, keyinchalik ilm talabi bilan Samarqandga kelib muqim yashagan. Alloma hadislarni Abulqosim Mahmud ibn Ahmad Zahriy Xarqoniydan rivoyat qilgan. Undan esa Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rivoyat qilgan. Alloma 522/1128-yili Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |