Muhammad ibn al-Qoim (arabcha: محمد ابن القائم), shuningdek Muhammad Zakirat Abbosiylar shahzodasi, Abbosiy xalifa al-Qoimning oʻgʻli. XI asr oʻrtalarida otasi merosxoʻr etib belgilagan, ammo otasidan avval vafot etgan.

Muhammad ibn al-Qoim
محمد ابن القائم
Abbosiylar xalifaligining vorisi
Muddati 1039/1040 — 1056
Tugʻilishi 1039/40[1]
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 1056[1][2]
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Dafn etilgan joy
Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Urjuvuan
Farzandlari Al-Muqtadiy
Era nomi va maʼlumotlar
Soʻnggi Abbosiylar davri: 11-asr
Sulola Abbosiylar
Otasi Al-Qoim
Dini Islom (Sunniylik)

Hayoti

tahrir

Muhammad 1031—1075-yillarda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa al-Qoimning oʻgʻli va xalifa al-Qodirning nabirasi boʻlgan. Toʻliq ismi Muhammad ibn Abu Jaʼfar al-Qoim ibn Ahmad al-Qodir. Bagʻdodda Muhammad Zakirat ismi bilan tanilgan.

1030-yilda bobosi oʻgʻli Abu Jaʼfar al-Qoimni buvayhiy amirlaridan mustaqil ravishda merosxoʻr deb eʼlon qilgan[3][4]. Al-Qoimning uzoq davom etgan hukmronligining birinchi yarmi poytaxtda notinchlik bilan oʻtgan. Buvayhiy amiri tez-tez poytaxtdan qochishga majbur boʻlgani sababli koʻpincha shahar hukmdorsiz qolgan. Saljuqiylar taʼsiri kuchaygan bir paytda Dovud Chagʻriybek oʻz qizi Xadicha Arslon Xotunni[5] 1056-yilda al-Qoimga turmushga bergan[6].

Otasi al-Qoim XI asr oʻrtalarida Muhammadni merosxoʻr etib tayinlagan, ammo otasi hukmronligi davrida vafot etgach, oʻgʻli Abdulloh (boʻlajak al-Muqtadiy) merosxoʻr etib tayinlangan. 1075-yilda al-Qoim 73 yoki 74 yoshida vafot etgach, al-Muqtadiy bobosining taxtiga oʻtirgan. Al-Muqtadiy al-Qoimning oʻgʻli Muhammad Zakirat va Urjuvuan ismli arman choʻridan tugʻilgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Massignon, L.; Mason, H.. The Passion of Al-Hallaj, Mystic and Martyr of Islam, Volume 2: The Survival of Al-Hallaj, Bollingen Series. Princeton University Press, 2019 — 142-bet. ISBN 978-0-691-65721-9. 
  2. Richards, D.S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Taylor & Francis, 2014 — 187-bet. ISBN 978-1-317-83255-3. 
  3. Sourdel 1978, s. 379.
  4. Busse 2004, s. 72.
  5. Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World“, . The Cambridge History of Iran. Cambridge University Press, 1968 — 48-bet. 
  6. Bosworth, C. E. (1970). "Dailamīs in Central Iran: The Kākūyids of Jibāl and Yazd". Iran 8 (1): 73–95 [p. 86]. doi:10.2307/4299634. https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/05786967.1970.11834791. 
  7. Bennison, Amira K. (2009) The Great Caliphs: The Golden Age of the 'Abbasid Empire. Princeton: Yale University Press, p. 47. ISBN 0300167989

Adabiyotlar

tahrir