Muhammad xoja Xuzoriy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad xoja Xuzoriy (arabcha: محمد خوجة الخزاري — Muhammad xoja Xuzoriy – Toʻliq ismi Muhammad Xoja Hindu ibn Xoja Kalon ibn Muhammad Basir Xuzoriydir).
Muhammad xoja Xuzoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tasavvuf |
Muhammad Xoja Xuzoriy “Mazharul ajoyib va majmaʼul gʻaroyib” (“Ajoyibotlar zuhuri va gʻaroyibotlar majmuasi”) asarining muallifi boʻlib, Gʻuzor qoʻrgʻonida tavallud topgan. Yoshligidan tasavvuf ilmiga qiziqqan. Buxoro va Samarqandda mavlono Ali Bovardi, Xoja Xizr, Xoja Bahouddin Naqshband, Eshon Uvays va boshqalar suhbatida boʻlgan. Soʻngra Buxoro yaqinidagi “Navohi” qishlogʻida yashagan mashhur shayx Ogʻoi Buzurgdan taʼlim olgan. Tasavvuf taʼlimoti sirlarini puxta oʻrgangan.
Ogʻoi Buzurg vafotidan keyin Muhammad Xoja Xuzoriy mazkur asarni yozishga kirishgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Institutida saqlanayotgan mazkur asarning qoʻlyozma nusxasi 1766-1767-yillarda Muhammad Rizo bin Olloquli Xonaqohiy tomonidan koʻchirilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 797.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |