Muhammadiyev Avliyoxon (1906.16.8, Margʻilon — 1988.21.10, Fargʻona) — gidrobiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), biologiya fanlari doktori (1959), professor (1960). Urta Osiyo universitetining tayyorlov boʻlimini (1931), Fargʻona pedagogika institutini (1934) tugatgan. Shu institut kimyo va biol. kafedralarida assistent (1935—36), katta oʻqituvchi (1937—39), zoologiya kafedrasimudiri (1939—1979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti gidrobiologiya va ixtiologiya laboratoriya mudiri (1979— 1981), Fargʻona pedagogika instituti zoologiya va umumiy biol. kafedrasi professor (1981—88). Oʻzbekiston gidrobiologiya jamiyati raisi (1969—84). M.ning ilmiy ishlari Urta Osiyo suv xavzalari tipologi-yasi, qisqichbaqasimonlar ekologi-yasi, sistematikasi va zoogeografiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Suv havzalaridan unumli foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. Fargʻ-ona va Margʻilon shaharlaridagi koʻchalardan biriga, Fargʻona davlat universiteti tabiiyot fakultetiga uning nomi berilgan

Manbalar tahrir

  • Materiali k gidrobiologii risovix poley Ferganskoy dolini, T., 1969; Gidrobiologiya vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1967; Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi, T., 1964; 1976; Rakoobraznie vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1986; Tabiat muhofazasi va ekologiya, T., 1986 (hamkorlikda).