Muhammadjon Qoʻjasboyevich Qoratoyev (1910.22.12, Qiziloʻrda viloyati Telikoʻl ovuli — 1992.9.6. Olmaota) — qozoq adabiyotshunosi, yozuvchi va tarjimon. Qozogʻiston Fanlar akademiyasi akademik (1975), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965). Abay nomidagi Qozoq pedagogika institutini tugatgan (1933). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining masʼul kotibi (1936—37), raisi (1937—38), Qozogʻiston pedagogika instituti qozoq adabiyoti kafedrasining mudiri (1960). "Jazushi" nashriyotida katta muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, direktor (1955—60), 1960-yildan M. Avezov nomidagi Adabiyot va sanʼat institutida boʻlim mudiri, 1968-yildan Qozoq sovet ensiklopediyasi Bosh muharriri. Adabiy faoliyati 1933-yildan boshlangan. "Jonajon adabiyot haqida oʻylar" (1958), "Saken Sayfullin" (1964), "Mahorat va dunyoqarash" (1965), "Muxtor Avezov" (1967), "Doʻmbradan kitobga" (1969), "Adabiyot va estetika" (1970), "Istiqbol choʻqqilari" (1972), "Choʻqqilar oldinda" (1977) kabi adabiytanqidiy kitoblar muallifi. Q., shuningdek, "Choʻldagi gudok" romani (1960, K.N.Altayskiy bilan hamkorlikda), "Jer-uyukka sayohat" qis-sasini yozgan. M.Gorkiyning "Mening dorilfununlarim" va M.Sholoxovning "Tinch oqar Don" (3 kitob) asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.