Xolova Muhiba Sobirovna (1952. 2.11. Kogon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1979). 1973-yildan Kogon tumanidagi 10maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. "Testlar toʻplami" va "Diktantlar toʻplami"ni tuzgan.