Shoh Muhammad Muhibbulloh Babunagariy (bengalcha: শাহ মোহম্মদ মুহিব্বুল্লাহ বাবুনগরী ; 1934-yil 15-fevralda tugʻilgan) — Bangladeshlik Devbandiy islom olimi, siyosatchi va akademik[2]. Hefazat-e-Islam Bangladeshning uchinchi va amaldagi amiri[3][4], Al-Jamiatul Islomiya Azizul Ulum Babunagar rektori. Shuningdek, Islami Oikya Jote, Befaqul Madarisil Arabia Bangladesh va Al-Haiatul Ulya Lil-Jamiatil Qavmia Bangladeshda yetakchi lavozimlarda ishlagan. Bangladeshdagi devbandiylik harakatining kashshoflaridan biri hisoblanadi[5].

Muhibbulla Bobunagariy

Babunagariy 2020-yilda
Hefazat-e-Islam Bangladesh amiri
Mansab davri
2021-yil 19-avgust
Oʻtmishdoshi Junayd Babunagariy
Al-Jamiatul Islamia Azizul ulum Babunagar rektori
Mansab davri
1986
Oʻtmishdoshi Horun Babunagariy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-fevral 1934-yil (1934-02-15) (90 yosh)[1]
Babunagar, Davlatpur, Fatikchhari, Chittagong
Millati Bangladeshlik
Turmush oʻrtogʻi
Miriam Begum (turm. 1960)
Bolalari 3 oʻgʻil, 8 qiz
Alma mater

Tarjimai holi

tahrir

Muhibulla 1934-yil 15-fevralda Sharqiy Bengaliyaning (hozirgi Bangladesh) Chittagong tumanidagi Fatikchxari tana shahridagi Babunagar qishlog‘ida Bengal musulmon dindor oilasida tug‘ilgan[1]. Otasi Al-Jamiatul Islomiya Azizul Ulum Babunagar asoschisi Horun Babunagariy, onasi esa Ummi Salma edi. Babunagari 5 aka-ukaning eng kattasi edi[1]. Otasi tomonidan bobosi Soʻfiy Azizur Rahmon Xatazariy Al-Jamiatul Ahlia Dorul Ulum Moinul Islomning asoschilaridan biri boʻlib, nasl-nasabini xalifa Abu Bakrga bogʻlagan[6].

Taʼlim

tahrir

Bobunagariy otasining Al-Jamiatul Islomiya Azizul Ulum Bobunagar taʼlim muassasida 8-sinfgacha (Jamat-e-Chaharum) tahsil oldi. 9-sinfdan Hathazariydagi Al- Jamiatul Ahlia Dorul Ulum Moinul Islomda (Hidoya Avvalayn) oʻqishni davom ettirdi. Babunagari islomiy ilmlarini yanada yuqori darajada oʻrganish uchun Bengaliyani tark etib, Shimoliy Hindistondagi Dorul Ulum Deobandga oʻqishga kirdi. Babunagariy Deobanddagi oʻqishini yana 9-sinfdan (Hidaya Avvalain) boshladi. 1959-yilda institutning hadisshunoslik yoʻnalishini tamomlagan . Husayn Ahmad Madaniydan „Hidoya Oxirayn“, Sayid Faxruddin AhmaddanSahih al-Buxoriy“, Ibrohim Balyaviydan Sahih Muslim va Jomiy at-Termiziy, Faxrul Hasandan Sunan Abu Dovud boʻyicha taʼlim olgan[6].

Karyera

tahrir

Oʻqishdan soʻng Bengaliyaga qaytgan Babunagariy Al-Jamiatul Islamiah Azizul Ulum Babunagarda dars bera boshladi va keyinchalik direktor oʻrinbosari boʻldi[6].

2020-yil 15-noyabrda Hefazat-e-Islam Bangladeshning bosh maslahatchisi etib saylandi. Bungacha ushbu tashkilot vitse-prezident boʻlgan[7][8][9][10][11].

Siyosat

tahrir

Charmonai Pir Fazlul Karim hayotlik davrida Islomiy Andolan Bangladesh Prezidiumi aʼzosi edi. Fazlul Haq Aminiy hayotlik davrida Islomiy Oikya Jote va Islom qonunlarini tatbiq qilish qoʻmitasi bilan ishlagan. Keyinchalik Islomi Oikya Jote vitse-prezidenti etib saylandi. 2018-yilda Islomi Oikya Jotedan isteʼfoga chiqqan. Hozirda hech qanday siyosiy partiyaga bevosita aloqador emas[12][13][14][15][16].

Babunagariy 3 oʻgʻil va 6 qizning otasi. 

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „হকের উপর প্রতিষ্ঠিত থাকাটাই হচ্ছে হেফাজত নেতা-কর্মীদের মূল দায়িত্ব“. Daily Inqilab (2021-yil 20-avgust). 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „হেফাজতের নতুন আমির মুহিব্বুল্লাহ বাবুনগরী“. The Daily Star (2021-yil 19-avgust). 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „৯০ বছর বয়সী আমিরের নেতৃত্বে ঘুরে দাঁড়াতে পারবে হেফাজত?“. Kaler Kantho (2021-yil 21-avgust).
  4. „হেফাজতে ইসলাম: মুহিব্বুল্লাহ বাবুনগরীকে নতুন আমীর ঘোষণা করা হয়েছে“. BBC Bangla. 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „মুহিব্বুল্লাহ বাবুনগরী আসলে কে?“. Chattogram Pratidin (2021-yil 20-avgust). 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  6. 6,0 6,1 6,2 Salihi, Azgar (2019), মাওলানা শাহ মুহিব্বুল্লাহ বাবুনগরী {{citation}}: Unknown parameter |trans_title= ignored (|trans-title= suggested) (yordam)Salihi, Azgar (2019), মাওলানা শাহ মুহিব্বুল্লাহ বাবুনগরী [Mawlana Shah Muhibbullah Babunagari]
  7. Shakil. „In Hefazat, Befaq and Hayatul Ulaya who is the successor of Shafi?“ (bn). Bangla Tribune (2020-yil 19-sentyabr). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  8. Aladin. „Hefazat is being broken into two! | National“. Ittefaq (2020-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  9. „Allama Muhibbullah Babungari is the Amir of Hefazat!“. Amader Shomoy (2020-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  10. „Who is the Amir of Hefazat?“ (bn). Daily Manobkantha (2020-yil 20-sentyabr). 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  11. Azad. „Allama Shafi and Babungari talking about Nazirhat Madrasa“ (bn). jagonews24.com (2020-yil 19-iyun). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  12. „Babungari resigns from Jote at the instigation of Jamaat“ (bn). Samakal (2018-yil 8-oktyabr). 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  13. „The country's top scholars thanked the government for opening the mosque | National“. ittefaq (2020-yil 6-may). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  14. „Dua held at Barakatara Madrasa for Allama Shah Muhibullah Babungari's recovery“ (en). DailyInqilabOnline (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  15. „Shapla Chattar genocide will be tried in this country one day - Allama Shah Muhibullah Babungari“ (bn). The Daily Sangram. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  16. Bureau. „'I am not with secularist Awami agents': Muhibullah Babungari leaves Islami Okya Jote“ (bn). DailyInqilabOnline. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.

Havolalar

tahrir