Mulla Mamatqul jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Mulla Mamatqul jome masjidi
Mulla Mamatqul
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Inomjon domla Ziyomiddinov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Mulla Mamatqul jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Baxoriston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bekobod jamoa xoʻjaligida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Inomjon domla Ziyomiddinov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalari bilan qoʻshni masjidlarda ham ishtirok etadi. Mazkur masjidga Baxoriston qishloq fuqarolar yigʻini, Koʻrkam qishloq fuqarolar yigʻini, Gʻalaba fuqarolar yigʻini, Shorcha mahalla fuqarolar yigʻini, Bahorobodqishloq fuqarolar yigʻini, Obod yurt koʻchalari, Bekobod jamoa xoʻjaligi, Zafar mahalla fuqarolar yigʻini, Ravon mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Omonlik mahalla fuqarolar yigʻini, Axmat Yassaviy mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi

tahrir

Mulla Mamatqul jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2002-yil 10-iyun]] roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, tuman markazidan chetroqda joylashganligiga qaramay namozxonlar tashrif buyurishi chogʻiqa qator qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, xonaqoh hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etilgan. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib – „Mulla Mamatqul“ deya nomlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „МУЛЛА МАМАТҚУЛ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"МУЛЛА МАМАТКУЛ" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.