Mulla Nazar Beknazarov — 1872-yili tugʻilgan, oʻzbek, Baliqchi rayon Niyozmasjid qishlogʻidan, savdogar oiladan, diniy xizmatchi, tabib. Aholining quloq qismidagi diniy sarqitlardan foydalanib doimiy ravishda aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borgan, tez orada sovet hokimiyati tugatiladi deb tashviqot qilgan, aksilinqilobiy tashkilotining isyonchi xodimlar tayyorlash masalalari koʻrilgan yashirin yigʻilishlarda qatnashgan, degan ayb qoʻyilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 36-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.