Mulla Sharafiddin Roqim. Shoir va tarixchi olim. Toʻliq ismi Mulla Sharafiddin Aʼlam ibn Nuriddin Oxund ibn Mulla Farhod boʻlgan. U XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning birinchi choragida yashab o‘tgan. Sharafiddin Roqim “Tarixi kasira” asarini yozib qoldirgan. Bu asar “Tarixi tomm”, “Tarixi Roqimiy”, “Tarixi Mir Said Sharif Roqim” nomlari bilan ham ataladi. Kitobda tarixiy shaxslarning hayoti, o‘sha davrlarda mamlakatda bunyod etilgan inshootlar, madrasalar, masjidlar, mashhur tarixiy shaxslar hayoti bilan bogʻliq tarixiy sanalar keltirilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • Axmedov B. Oʻzbekiston tarixi manbalari. – T.: Oʻqituvchi, 2001.
  • Sharafiddin Roqimiy. Tarixi tomm. Amonov Mexrojiddin shaxsiy kutubxonasi.