Salohiddin toshkandiy, Mullo Salohiddin ibn Mullo Alouddin xoja (19-asrning 2-yarmi — Toshkent — 20-asr boshlari) — adib. Hayotiga oid maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. "Temurnoma" (1908) badiiy asarigina yetib kelgan. S.T. "Temurnoma"ni yaratishda koʻpgina tarixiy, badiiy va liniy asarlardan foydalangan. Asar anʼanaviy hamddan boshlangan. Soʻng Movarounnaqrda hukm surgan sulolalar tilga olingan. Asosiy qism 47 dostondan iborat. Amir Temurning bolaligidan tortib butun hayoti, Markaziy Osiyoni moʻgʻullar zulmidan ozod qilishi, Dashti qipchoq, rus yerlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, Turkiya, Shom va Iroq, Hindistonga qoʻshin tortishlar, Boyazid Yildirim bilan boʻlgan janglar, ular bilan bogʻliq sarguzashtlar qiziqarli hikoya qilingan. Muallif Amir Temurga bemisl hurmat bilan yondashib, badiiy jonlantirgan. Kitobda islom va uning vakillariga ham keng oʻrin bergan. Movarounnaxrda moʻgʻullar istibdodi yillarida ham islom siyosatiga, bosqinchilar feʼlatvoriga taʼsir oʻtkazib turganini taʼkidlagan. Unda 500 dan ortiq tarixiy shaxslar nomi tilga olingan. Kamol Xoʻjandiy, Sayd Ahmad, Abdulla Zotifiy, Ismat Buxoriy kabi shoirlar hamda oʻz sheʼrlaridan 1030 misra sheʼr berilgan. Asar jahongir shoh hayoti misolida kishilarni mehroqibatli boʻlishga, oʻtmishda yuz bergan qirgʻinlardan saqlanishga, tinchlikning kadriga yetishga daʼvat etadi.

Amir Temur davri tarixga markazlashgan davlat tuzish hamda uni harbiy va iqtisodiy rivojlangan yirik davlatga aylantirish davri bolib kirdi. Bu davr xalqaro maydonga chiqish, ozaro manfaatli savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarini rivojlanish davri bolib, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar davlat tomonidan ragbatlantirilgan va himoya qilingan. Bu davr jahon tarixida fan, madaniyat va sanat gullab-yashnagan davr  hisoblanadi. Bu davrdagi iqtisodiy va manaviy rivojlanish sozsiz ijtimoiy sohani rivojlanishini ham taminladi.

Amir Temur davrining ijtimoiy tarixi nisbatan kamroq organilgan bolsa-da, lekin bu davr togrisida qiziqarli malumot beruvchi yozma va boshqa obektiv manbalar yetarli darajada saqlangan. Taniqli sharqshunos olim V.V.Bartold bu togrida gapirib, biz bu davrni organib turib, manbalar kamligi togrisida emas, balki ularning kopligi togrisida, hatto tadqiqotchi bu turli xil materiallar ichida garq bolib ketmasligi togrisida gapirishimiz mumkin, degan edi.

Amir Temurning ijtimoiy siyosatiga doir materiallar osha davrning yozma manbalari, elchilarning malumotlari, sohibqironning Yevropa hukmdorlariga yozgan xatlari va boshqalardan olish mumkin. Bu manbalar davlatning tashqi siyosatiga taalluqli bolsa ham, ularda ijtimoiy siyosat mohiyatini bilvosita materiallar asosida yorituvchi qiziqarli malumotlar bor.

Amir Temur faoliyatining asosiy tamoyillari “Temur tuzuklari”da oz aksini topgan. Unda ichki va tashqi siyosatning mohiyati mujassamlashgan. Uning siyosati asosini qonun ustuvorligini taminlash, xalq ahvolini bilish, mazlum xalqlarni zulmdorlardan ozod qilish tashkil etgan. U xalq ahvolidan vositachilar orqali emas, balkim bevosita, togridan-togri xabardor bolgan.

Temur hokimiyatga kelgan vaqtdan boshlab, Samarqand, songra Kesh atrofida qalalar qurib shaharni mustahkamlay boshlaydi. Mamlakatni kuchli harbiy hokimiyat bilan birlashtirilishi aholini kochmanchilardan himoya qilgan, iqtisodiyot barqarorlashuviga yordam bergan. Mamlakatda osoyishtalik ornatilishi va barqarorlik ozi nafaqat siyosiy tadbir, balkim, u ijtimoiy tadbir ham edi. Bu tadbir iqisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi.

Amir Temur ozbek davlatchiligi tarixida siyosat va manaviyat uygunligiga erishgan noyob shaxslardan biri hisoblanadi. Bunday uygunlikni tarixda kamdan-kam saltanat sultonlarida kuzatish mumkin. Avvalo, shuni takidlash kerakki, sohibqiron faoliyatida adolat tushunchasi juda muhim orin tutgan. Bejizga uning muhrida Kuch adolatdadur degan sozlar bitilmagan edi. Adolat tantanasi bois, davlatda har bir fuqaroning izzat-hurmati joyiga qoyilgan, haq-huquqlari himoya qilingan.

Amir Temur hammaga bir xil odil koz bilan qaray olganligini kop bora takidlagan. Men sifatlarimning eng avvali deb begarazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil jiddiyat va odil qarardim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim, boyni kambagaldan ustun qoymasdim.

Amir Temur bolib otgan dilxiraliklarni unutib yuboradigan bagri keng inson bolgan. U hatto oziga qilich kotargan kimsalarni ham keyinchalik kechirib yuborgan. Va hatto turli chora-tadbirlar qollab ularning kongliga yol topgan, bundaylarning bilimi, tajribasi va kuchidan davlatni boshqarishda foydalangan. Bu haqda Temur tuzuklarida shunday yozilgan. Turon mamlakatini fath etgan kunim va poytaxt Samarqandda saltanat taxtiga otirgandan song, dost-u dushman bilan muomalada bir tekis yol tutdim. Menga yomonlik qilgan, hiyla-makr ishlatib jang maydonida menga qarshi qilich yalongochlagan Badahshon amirlari, turk-u tojik qilmishlaridan qorquvda edilar. Chorasiz qolib iltijo bilan mening panohimga kelganlarida ularga shunday yaxshilik qildimki, mening inoyatim va xayr-ehsonimni korib ular sharmanda boldilar. Kimni ranjitgan bolsam, ehson-u inomlar bilan konglidagi xafagarchiliklarni chiqardim va martabalariga qarab imtiyozlar berdim.

Bundan korinadiki, Amir Temur buyuk sarkarda va siyosatchi bolish bilan birgalikda adolatli shaxs ham edi.  Shuning uchun Orta Osiyoda qudratli markazlashgan davlatni qaror toptirgan, birgina nomining ozi jahonning kopgina hukmdorlarini tahlikaga solgan sohibqiron Amir Temurga qiziqish bilan qaraganlar. U haqida qanchadan-qancha rivoyatlar toqilgan, asarlar bitilgan. Amir Temurning hayoti, siyosiy va jangovor faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoblar unitilgan. («Temurnoma» 17-bet). Shulardan biri Mullo Salohiddin eshon qalamiga mansub «Temurnoma» (Jangnomai Amir Temur koragon) asaridir. Bu haqda muallifning ozi shunday deydi: Tarixning bir ming uch yuz yigirma yettisida (1908) tovuq yilida Toshkent mamlakatlik Mullo Salohiddin hoja ibn Mullo Olouddin hoja eshon ayturkim, bu «Temurnoma» ni bir necha qardoshlarni iltimosi birma turkiy tilda tartib bermoqda qoshish qildik. Mullo Salohiddin uzoq vaqtlar davomida nomalum muallif bolib keldi. Shu boisdan, asar va uning muallifi haqida shu vaqtga qadar biror bir manbada fikr yuritilmadi. Afsuski, Salohiddin Toshkandiy haqida yetarli malumotlar mavjud emas. Qayd etilganidek, «Temurnoma» uch yonalishdagi asarlarning majmuasi sifatida maydonga kelgan. Kitobni, yani «Temurnoma» ni yaratishda eng avvalo tarixiy asarlardan (Kitob-ul axbor, Tarixi Tabariy, Zafarnoma singari), badiiy asarlardan (Iskandarnoma) A. Xatibiy asarlari va diniy asarlardan foydalanilgan. «Temurnoma» nihoyasiga Salohiddin Xoja: Men ne mashaqqatlar bilan asarni fors tilidan turk tiliga tarjima qildim  deydi.

«Temurnoma» ni bir asardan tarjima qilingan degan fikrni ilgari surish unchalik tog’ri emas. Garchand, muallifning ozi uni forsiy tildan tarjima qilganligini aytayotgan bolsa-da, bunda u oziga qadar Amir Temur haqida forsiy tilda yozilgan asarlardan bahramand bolganligini, bazi tarixiy voqealarni, sheriy parchalarni ulardan olganligini kozda tutayotgan bolsa, ajab emas. Agar shu holda tarjima emas, asliyatdir.

Salohiddin Toshkandiy «Temurnoma» ni qarindoshlarining iltimosi birla turkiy tilga tarjima qilganini takidlaydi. Buni quyidagi misrada ochiqroq ifoda etib, yozadi:

Nazm ila bolsun dedimkim,

Iltimos aytganlara.

Qofiya, vazn ila tartib,

Aylasak bu daftara.

Korinib turibdiki, muallif «Temurnoma» ni dastlab sheriy yol bilan yaratmoqchi bolgan. Chamasi, faoliyatni kopchilikning xohishi bilan nasriy yolda boshlagan. Nazmiy asarlarni tushunish murakkab bolganligi, ehtimol, shu yolni taqozo qilgandir. «Temurnoma» ning asl badiiy asar ekanligini dalolat etadigan yana bir jihat mana bu satrlarda ham ochiq-oydin korinib turadi deyish mumkin.

Jahd ayla bu dostona xoma

Turkiy tilda aytib «Temurnoma»

Bog’lab bering, ey, bu dam qalam sen

Qutqar meni mehnat-u alamdan.

«Temurnoma» da ikki yonalish chizig’i muvoziy davom etadi. Bular biri  tadrij, biri tanazzul chizig’idir. Tadrij  bolakay Temur tasvirlasa, tanazzul  mog’ul hukmdorlarining jirkanch turmushini tasvirlaydi. Asarda yana bir islom va uning vakillari haqida hikoya qiladigan ozak borki, u hamisha bir meyorda oqadi. Bunda aytish orinliki, islom Movarounnahrda mog’ullar istibdodi quturgan yillarida ham puturdan ketmagan. Yuqorida mog’ul feodallarining islom diniga kirishni aytib otdik, «Temurnoma» da ana shu jihatdan mukammal talqin etilgan (151-bet). «Temurnoma» ananaviy hamddan boshlanadi. Songra Movarounnahrda hukm surgan sulolalar tilga olinadi. Movarounnahrda hukm surgan 47 ta shohlar haqida yol-yolakay soz yuritilgan, Endi keldik Amir Sohibqironga yani Amir Temur Iskandariy soniygaga deb ilk bor boshlanadi. Bu qismda Amir Temur shajarasiga tavsif beriladi. Bu bob qolgan 46 fasl uchun rejaviy yonalishga ega.

Salohiddin Toshkandiy «Temurnoma» ni bitar ekan, ozi tasvirlamoqchi bolgan shaxsga hurmat bilan yondashadi. Albatta, bu bejiz emas. Muallif Amir Temurning xalqi oldidagi xizmatini bosqinchi xonlarni Samarqanddin ixroj qilishdadeb tushuniladi. Ana shu g’oya keyingi dostonlarda ottiz besh yillik kurashi orqali badiiy jonlantiriladi.

Avvalg’i doston: hazrat Amir Temur sohibqironni onalaridan tug’ilmoqlari bayonida Tegina begim Moh birla shahrisabzlik Amirzoda Tarag’ay Muhammad nikohi bu ishda ulamolar, islom peshvolari bosh-qosh bolishi hikoya qilinadi. Bobdan-bobga otgan sari asar murakkablashib, keyinchalik, taqdiri u yoki bu darajada Amir Temur bilan toqnashadigan, uchrashadigan kishilar koz ongimizdan otaveradi. On ikkinchi dostonga kelib, yana bir ozak ochiladi. Bu bobda shayx Sayyid Otaning, Qalmoq yurtlarida olib borgan targ’ibotlari naql qilinadi.

Amir Temur ulg’aygan sari hamfikrlari soni ortib boradi. Bunga u ozining aql-idroki, mardligi, shijoati, qorqmasligi bilan erishadi. On toqqizinchi bobda Seyistonda bolgan voqealar bayon etiladi. Yigirma oltinchi dostonda Amir Temurning ikki og’lining qismati bayon etiladi. Bunda asosan aka-uka nizolari qalamga olinadi.

Keyingi dostonlarda Amir Temurning Orta Osiyo mog’ullaridan tozalashi, Dashti Qipchoq, rus mulklari, Ural sari qilingan yurishlar Eron va Iroqqa, Turkiyaga qoshin tortishlar oz navbati bilan talqin mavzui qilib olinadi. Hindiston yurishi va u bilan bog’liq sarguzashtlar bayon etiladi. Amir Temurning Shom, Iroq yurishlari bir necha dostonga mavzu bolgan desak, mubolag’a bolmaydi. (Temur tuzuklari 49-bet). «Temurnoma» ning manaviy-marifiy tomoni shundaki, jang bir dindagi kishilar ortasida bolsa, bu kechirilmas xatodir. Buni Amir Temur va Sulton Ahmad ortasidagi nizolarda ham Bag’dodga amir qilib qoldiriladi. Umuman, Amir Temurning yurishlarida bir xususiyat kozga yaqqol tashlanib turadiki, u mumkin qadar ishni janggacha olib bormaslikka harakat qiladi. Uni yaxshilik bilan qarshi olgan mamlakat honimlarini oz ornida qoldiradi, ularga muruvvat korsatadi. Oxirgi dostonlarda Yildirim Boyazid bilan bolgan jang tasvir etiladi. Xulosa qilib aytganda, «Temurnoma» mazmuniga kora jangnoma asar. Biroq Salohiddin Toshkandiy takidlaganidek, bu ozga jang kitoblaridek emas, chunki bunda aqlga dalolat qiladigan hikmatlari kopdir. Bu hikmatlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, «Temurnoma» ni  oqigan inson jang-u jadallarni inson uchun keragi yoqligiga ishonch hosil qiladi. Masalan: Amir Temur qancha jang qilmasin baribir uning qoshini ham kop talofat koradi. Asar keng qamrovli ekanligini yuqorida takidlagan edik, buni yana shunda ham bilsa boladiki, «Temurnoma» da besh yuzdan ortiq kishining nomi tilga olinadi. Bularning kopchiligi tarixiy shaxslardan. Jahon tarixi orqali bizgacha yetib kelgan sulola vakillaridir. Muallif ayrim tarixiy shaxslarni yashagan davr nuqtayi nazardan yanglish talqin etadi, ayrimlarining ismlarini ozgartirib qollaydi  deydi filologiya fanlari nomzodi Poyon Ravshanov.

«Temurnoma» ning tili bir qarashda ancha murakkabdek tuyuladi. Bu hol dastlabki boblarda, ayniqsa, sezilib turadi. Umuman olganda, asarning tili, hikoya qilish usuli oddiy va maroqli. Afsonalardan ijodiy foydalanish, ruhiy olam haqidagi talqin kishini oziga jalb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda inson aql-zakovatining yangidan-yangi qirralari qayta kashf etilayotgan bir davrda biotok yordamida kasallarni davolash (Tegina Begim Moh, Nosir Hisrav, Hakim Nizoriy), ruhlarning mavjudligi (rijol ul g’oyib), tilsimot va jahonnomalar haqidagi naqllar qiziqib oqiladi.

«Temurnoma» jahonga taniqli ulug’vor tarixiy shaxsning hayoti misolida kishilarni bir-biriga mehr-oqibatli bolishga undaydi, otmishda yuz bergan qirg’inlardan saqlanishga, tinchlikning, oriyatning qadriga yetishga davat etadi. Holbuki, biz tariximizni juda-juda  sayoz bilamiz, otmish-ertangi kunning darsligi. Dars esa hamisha ibrat yoliga boshlaydi.

Manbalar

tahrir
  • Temurnoma, T., 1990.