Mungli koʻzlar

oʻzbek yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev qalamiga mansub roman
(Mungli ko'zlardan yoʻnaltirildi)

„Mungli koʻzlar“ — oʻzbek yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev qalamiga mansub roman. Ilk bor 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan.[2] Romanda mol-dunyoga berilgan ota-ona va ularning farzandlarining fojiali qismati haqida soʻz yuritiladi.

Mungli koʻzlar
Muallif Xudoyberdi Toʻxtaboyev
Janr roman
Til oʻzbekcha
Nashriyot „Yosh gvardiya“ (1-nashr)
„Kamalak“ (2-nashr)
Sahifalar soni 285 (1-nashr)
288 (2-nashr)
ISBN ISBN 5-683-00140-0 (1-nashr)
ISBN 5-633-00695-X(2-nashr)

SyujetTahrirlash

Romanda oʻziga toʻq oila haqida hikoya qilinadi. Oila birdan muammolar ichida qoladi: ota pora bilan qoʻlga tushadi, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh boʻla boshlaydi. Natijada Zafar va uning nogiron akasi Akbar otadan, onadan, oilaviy doʻstlardan, molu-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan ayrilishadi. Bu bolalarga qattiq zarba boʻladi. Natijada Akbar oʻzini yoqib yuboradi.

Asad Karimov-Zafar va aka ukalarining dadasi.kasbi bazada bosh omborchiTahrirlash

  • Zafar – boy oila farzandi
  • Akbar – Zafarning nogiron akasi
  • Nigora – Zafar va Akbarning singlisi
  • Ataullo Isayevich – Zafarning ustozi
  • Yoqutxon Karimova - Zafarning , aka-ukalaring oyisi. Kasbi hojatbarorlik , lekin Akbar o'g'li o'z oyisini chayqovchi deb ta'riflaydi

NashrlarTahrirlash

Asarning birinchi nashri 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Ikkinchi nashr oxirida Abdugʻafur Rasulovning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, V. Valiyev – rassom, H. Rahmatullayev – rasmlar muharriri, J. Nadirova – texnik muharrir, M. Nabiyeva, Sh.Valiyeva – musahhihlar. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

ManbalarTahrirlash

  1. „Mungli koʻzlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 16-sentabr 2016-yil.
  2. „Mungli koʻzlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 16-sentabr 2016-yil.

HavolalarTahrirlash