Munisa Rizayeva (1986-yil 21-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. „Koʻzlarim yana“, „Aha-oho“, „Hollywood“, „Sekin-asta“ va „Ey samo“ qoʻshiqlari ortidan shuhrat qozongan[1].

Munisa Rizayeva
2022-yilda
2022-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-oktyabr 1986-yil (1986-10-21) (38 yosh)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Kasbi Qoʻshiqchi, aktrisa
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Arseniy Moroz
Mukofotlari „Shuhrat“ medali (2021)

Hayoti

tahrir

Munisa Rizayeva 1986-yil 21-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va raqsga qiziqib kelgan. Onasi uni mashhur raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaga shogirdlikka bergan[2]. Otasi esa uning qoʻshiqchi boʻlishini xohlamagan, ammo u yana boshqa musiqa kurslariga ham borgan. Maktabda oʻqiyotgan vaqtida u oilasi bilan Londonga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik esa London joylashgan Hames Valley universitetida musiqa sohasida oʻqigan. Keyin esa ikkinchi yoʻnalish sifatida Angliyaning boshqa bir nufuzli universitetida Mehmonxona biznesi va turizm yoʻnalishida ham taʼlim olgan. Uning Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonasi bor[3].

Manbalar

tahrir