Munozara:Amir Temur Muzeyi
AMIR TEMUR
Amir Temur tarixiy shaxs sifatida uzoq vaqt qoralanib kelindi. Faqat 0'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo'yildi. Amir Temurning 660 yillik yubileyi respub- likamizda zo'r tantana bilan nishonlandi. 1996 yil 18-oktyabrda Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar о'rnatildi. Ко'plab ko'chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. "Amir Temur" ordeni ta'sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning ajdodlari hayoti vа faoliyatiga bag'ishlab kitoblar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.
(1336 — 1405) 1404-yilning kech kuzida Amir Temur 200 ming kishilik qo'shin bilan Xitoy tomon yurish boshlaydi. Shu yil qish erta tushgan edi. Amir Temur qo'shini Sirdaryo bo'yidagi qadimiy shahar — 0'trorga yetib borganida sovuq avjiga chiqadi. Amir Temur shu yerda zotiljam kasaliga chalinib, 18 fevral kuni vafot etadi. Insoniyat tarixida о'chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o’tkazgan, Xitoy chegarasidan Qora dengiz sohillarigacha, Sirdaryo bo'yidan Hind okeani sohillarigacha bo'Igan hududda ulkan imperiya tashkil etgan Amir Temurning hayoti shu zaylda poyoniga yetadi.
9-aprelda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg'оr qishlog'ida yashovchi Chig'atoy ulusining beklaridan bo'lgan Amir Tarag'ау oilasida o’g’il tug'ilаdi. Amir Tarag'ау chaqaloqni shayx Shamsuddin Kulol huzuriga olib boradi. Bu paytda shayx Qur'оn о'qib о'tirgan ekan. Suralardan birida "taymur" so'zi uchraydi vа shayx go'dakning nomini Temur qo'yishni buyuradi. Yosh Temur bolalikdan sog'lom, baquvvat, dovyurak bo'lib о'sgan, otda yurishni yaxshi ko'rgan. Maxsus murabbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan о'q uzish, qilichbozlik singari harbiy mashq va о'yinlar bilan mashg'ul bo'lgan. Temur tabiatan og'ir, bosiq, teran fikrli, idrokli hamda nihoyatda ziyrаk, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo'lgan. U о'z atrofiga sadoqatli odamlarni to'play olish, ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo'lgan. Amir Temur о'zining ilk harbiy faoliyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ulaming о zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. U voyaga yetib, о'lkaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtirok eta boshlagan paytda mo'g’ullar imperiyasining to'rt ulusidan biri bo'lgan Chig'atoy ulusi bekliklarga bo'linib ketib, ular о'rtasida о'zaro urushlar avj olgan edi. Xalq esa urushlardan charchab, butun Movarounnahrning yagona davlatga birlashishini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanishni orzu qilib yashardi. 1342-yilda Chig'atoy xonligi taxtiga о'tirgan Qozonxon qattiqqo'Iligi bilan qo'l ostidagi mansabdorlarni va xalqning ko'pchiligini о'ziga qarshi qilib qo'ygandi. 1346-yildagi urushda Qozonxon о'ldirildi. Мо'g'uliston hukmdori To'g'luq Temurxon qo'shini 1359-yilda Xojand yaqinida Sirdaryoni kechib о'tib, Sirdaryo va Amudaryo о'rtasidagi yerlarni katta qarshiliksiz bosib oldi. Bu qo'shindan qo'rqqan amaldorlarning bir цзпп Xuroson va Afg'onistonga qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik ko'rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga itoat etdi. Temur bu voqeadan sal avval otasidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro'- e'tibor topib ulgurmagandi. Shu bois vaqtincha tashqi itoatkorlik уо'lini tutdi va То'g'luq Temuming ishonchini qozonib, uning o’n ming kishilik qo'shiniga boshliq bo'lib oldi. Shu zaylda о'z yerlari va ittifoqdoshlari yerlarini talanishdan saqlab qoldi. То'g'luq Temur shundan keyin о'z xonligiga qaytib, о'rniga о'g'li Ilyosxo'jani qoldirdi. Biroq Temur Ilyosxo’ja bilan kelishib ishlolmadi. Ilyosxo'ja Temurdan shikoyat qilib, aftidan, otasiga murojaat qilgan. То'g'luq Temur Amir Temurni о'ldirish haqida buyruq bergan. Bu buyruq tasodifan Temurning qo'liga tushib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz edi, ular bilan mo'g'ullarga qarshi kurashib bo'lmasdi. Shundan keyin Temur о'ziga sadoqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so'l tomoniga qochib о'tib, Badaxshon tog'lari orasiga yashirinmoqchi bo'ladi. Shunda Temurni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xorazm cho'llariga ketib, qo'zg'olon uchun qulay payt kelishini kutishni maslahat beradi. Xorazmga borayotgan Temurga Ilyosxo janing muxolifi, Chingizxon avlodidan bo'lgan Balx viloyati hukmdori Amir Husayn uncha ko'р bo'lmagan а'yonlari bilan qo'shiladi. Shundan keyin Temur Xorazm cho'llarida ancha vaqt sarson-sargardon bo'lib yurgach, mo'g'ullarni yurtdan quvish uchun qo'shin to'plash umidida Xurosonga уо'l oladi. Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur Ilyosxo'janing 100 ming kishilik qo'shiniga qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo g'ayrioddiy harbiy san'ati ча mardligi Temurga muntazam muvaffaqiyat keltirdi vа u 1369- 70-yillarda mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Amir Temur bu g'alabaga о'z ittifoqchisi Amir Husayn bilan birgalikda erishadi. Amir Temur Amir Husaynning jiyan singlisi O'ljaoy Turkon Og'oga uylangan, о'rtadagi ittifoq qarindoshlik iplari bilan ham mustahkamlangan edi. Biroq Movarounnahr mo'g'ullardan ozod bo'lgach, bu ittifoqqa Amir Husaynning insofsizligi vа g'ayirligi sababli putur yetadi. Bu orada 0'ljaoy Turkon Og'о ham vafot etadi. Amir Husayn Amir Temurdan ayrilib, о'z qo'shinlari bilan Balxga joylashib oladi. Amir Temur Balxga yurish qilib, shaharni qamal qiladi va uni egallaydi. Amir Husayn о'z noiblari tomonidan ushlanib, о'ldiriladi.
Shu voqeadan so'ng Balxda qo'shin boshliqlarining qurultoyi chaqirilib, Temur о'z piri Said Barakaning duoyi fotihasidan so'ng Movarounnahrning annn deb е'lon qilinadi.
Temur mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan mustahkamlashga harakat qiladi. Bu paytda Movarounnahrga shimolda Oltin 0'rda xavf solib turardi. Temur 0'rusxonning tazyiqidan qochib о z huzuriga yordam so'rab kelgan Oq 0'rda xonzodalaridan То'xtamishga bir necha bor yordam beradi. U avval Oq 0'rdani, keyin Oltin 0'rdani egallab, kuchli xonlik tuzib olgach, Temurning yaxshiligini unutadi va Movarounnahrga tahdid sola boshlaydi. Shundan keyin Temur qisman Oltin 0'rda tasarrufida bo'lgan Xorazmga bir necha marta yurish qilib, uni xonlik sifatida tugatib, Movarounnahr- ga qo'shib oladi. Keyin To'xtamish qo'shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur qo'shinlari bilan То'xtamish qo'shinlari о'rtasida 1389, 1391 vа 1394 — 1395-yillarda to'qnashuv bo'ladi. So'nggi ikki jang Samara vа Chistopol shaharlari oralig'ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ikkinchisi Shimoliy Kavkazda — Terek daryosi vodiysida sodir bo'ladi va Temur qo'shinlari g'alabasi bilan tugaydi. Shunday qilib, Amir Temur mo'g'ul imperiyasining asosini yemirib, rus knyazliklari vа Sharqiy Yevropa xalqlari mo'g'ullar asoratidan xalos bo'lishlariga уо'I ochib berdi. Yirik rus olimi А. Y. Yakubovskiy: "Temurning То'xtamish ustidan qozongan bu g'alabasi nafaqat 0'rta Osiyo va Sharqiy Yevropa, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo'ldi", — deb yozgan. Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davrida (1366 — 1385) Movarounnahrni mo'g'ullar istilosidan ozod qilib, о'lkada yagona markazlashgan davlat tuzgan, о'zaro urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida (1386 — 1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga "uch yillik", "besh yillik", "yetti yillik urushlar" nomi bilan kirgan urushlarni amalga oshirgan. Bu urushlar shubhasiz tajovuzkorlik tusida edi, shafqatsizlik bilan olib borilgan, har ikki tomondan ko'р qurbonlar bo'lgan. Lekin bu urushlarning har biri о'z davri uchun ma'lum bir о'rinli sabab bilan boshlangan. Elchilar orqali muloqot, muzokaralar foyda bermagan sharoitdagina qurol ishga solingan. Masalan, jahon tarixining buyuk hodisasi bo'lgan Anqara jangini olaylik. Amir Temur turk sultoni Boyazidga qarshi urush boshlashdan avval u bilan ancha vaqt yozishma olib borgan. Turk sultoni maishiy buzuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon bo'lmagan ayol (serb malikasi Malaya Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka berilib ketib, о'zidan ko'pgina ruhoniylarni bezdirgan odam. Temur undan muqaddas shaharlar Makka va Madinaga boradigan kar- vonlarni talash bilan shug'ullangan qaroqchilar boshlig'i, Turkiyadan panoh topgan Qora Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati qaytargan. Shundan keyin Temur turk sultoni qo'shinlariga qarshi urush boshlashga qaror qilgan va unda zafar qozongan. Bu g'alaba ko'pgina xalqlarni Turkiyaning mustamlakasi bo'lish xavfidan qutqarib, butun Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar о'rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko'plab elchilar kela boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Кlavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo'lib, Temur bilan bir necha marta uchrashgan, suhbatlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo'l-ko'lligi, arzonligini, mamlakat poytaxti va Kesh (Shahrisabz) shahrida olib borilayotgan qurilish vа obodonlashtirish ishlarining ko'lami va sur'atini ko'rib hayajonga tushgan. Amir Temur qaysi yurtni istilo qilsa, о'sha yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlarini Samarqandga olib kе1ib, ularning bilim vа tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Mo'g'ullar bosqini natijasida vayron bo'Igan Samarqand shahri Temur hukmronligi davrida eski Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangidan qad ko'tarib, atrofi devor bilan о'raldi. Shaharda Ко'ksaroy, Jome masjidini, Bibixonim madrasasini, Shohi Zindadagi bir qator maqbaralarni, Samarqand atrofida Bog'i Chinor, Bog'i Shamol, Bog'i Dilkusho, Bog'i Nav, Bog'i Behisht deb nomlangan bog'lar va saroylarni bunyod etdi. Ко'паК va Zarafshon daryolari orqali о'tgan уо'liar va ko'priklar, Amudaryo va Sirdaryo ustida ko'priklar, Toshkent atrofida kanallar, shaharlararo karvon уо'llarida rabotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan tashqari Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara qurdirgan. Аmir Temur mamlakatda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlarini ham о'z saltanati kuch-qudratini ko'z-ko'z qilishning bir vositasi deb bilgan. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak, о'zi obod qildirgan Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning peshtoqidagi naqshlar orasiga "Agar bizning kuch- quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq", degan xitobnoma yozdirgan. Amir Temur о'z davrining hukmdori bo'lgan murakkab tarixiy siymodir. U bekliklar, uluslar о'rtasida о'zaro urushlar avjiga chiqqan, xalq tinchlikni, ijtimoiy adolatni orzu qilgan zamonda оsib voyaga yetdi. Bundan tashqari uning qalbida islomiy aqidalarga katta hurmat va ehtirom bor edi. Unda osmonda Olloh bitta bo'lganidek, yer yuzida ham bitta podsho bo'lsa, g'ayridinlar islomga kirgazilsa, olam tinch, turmush farovon bo'ladi, degan bir tasavvur bo'lgan. Amir Temur ikki til egasi bo'lgan — turkiy va fors tillarida yaxshi so'zlashgan. Dunyoga buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida tanilgan bu inson kitob о'qitib tinglashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shohmot о'ynashni yaxshi ko'rgan. U о'z qo'shinlari bilan olib borgan janglar tajribasi hozir jahonning barcha harbiy akademiyalarida о'rganiladi.
Amir Temur Muzeyi haqida munozara boshlang
Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Amir Temur Muzeyi sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida muhokama boshlash uchun ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.