Umurtqalilar (Vertebrata), ya’ni boshskeletlilar (Craniata) kenja tipi Umurtqalilar xordalilar tipining umuman, hayvonot dunyosining eng yuksak rivojlangan guruhi hisoblanadi. Umurtqalilar faol harakatlanib, hayot kechirishga o'tgan boshskeletsizlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. U m urtqalilar kenja tipiga 40 m ingga yaqin tu r kiradi. O'zbekistonda umurtqali hayvonlaming 677 ta turi aniqlangan. Umurtqalilarning kenja tipi murtak pardasiz umurtqalilar (Anamnia) va murtak pardali um urtqalilar (Amniota) bo'limlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, um urtqalilar kenja tipi Jag'sizlar (Agnatha), Baliqlar (Pisces) va To'rtoyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflariga bo'linadi. Jag'sizlar dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban tuzilgan umurtqalilar. Skeletida suyak to'qimasi rivojlanmagan, xordasi hayot davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag 'lari bo'lm aydi. O g'zi to 'g arak shaklida. Xaltasim on jabralari endodermadan kelib chiqqan. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki qulog'ida faqat ikkita chala doira naylar bo'ladi. Jag'sizlar eng qadimgi umurtqalilar. Qadimgi geologik davrlarda ular juda xilma —xil va ko'p sonli bo'lgan. Jag'sizlar katta sinfiga to'garak og'izlilar sinfi kiradi.

„Boshskeletlilar“ sahifasiga qaytish.