Munozara:Mirzo Ulugʻbek

Eng oxirgi fikr: 1 oy oldin (Jamshid Nurkulov tomonidan „Vafot etgan joyga aniqlik kiritish“ mavzusida)

Fizikadan Nobel mukofoti berilganiga manba bormi? Nimagadir, hech eshitmagan ekanman.Asror 22:51, 28 Avgust 2008 (UTC).

Adashib copy-paste qilib yuborgandim. Tuzatildi. Abdullamunozara 23:35, 28 Avgust 2008 (UTC)

Vafot etgan joyga aniqlik kiritish

tahrir

Assalomu alaykum. Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 29-oktyabr kuni hozirgi kundagi Kitob tumanidagi Bashir qishlogʻidagi „Padarkush“ togʻida vafot etgani haqida manba topdim. Biroq, maqolada vafot joyida Samarqand deya yozilgan ekan. Boshqa manbaga koʻra, Mirzo Ulugʻbekning kutubxonasi „Bashir“ qishlogʻiga koʻchirilganiga qaralganda, yuqoridagi maʼlumot haqiqatdan yiroq boʻlmasligi mumkin. Internet manbalaridan boshqa manba topa olmadim. Agar yuqoridagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa, Samarqandni → hozirgi Kitob tumani, Bashir qishlogʻiga oʻzgartirish mumkinmi?

Hurmatli Vikipediya adminstratorlari @Nataev, @Jamshid Nurqul, @Mirzoulugʻbek, @Kagansky hamda faollardan bu borada fikr bildirishlarini soʻrayman. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 16:23, 2024-yil 24-dekabr (UTC)Javob berish
Siz keltirgan birinchi manba juda ishonchli manba ekaniga shubham bor, faqat internet bilan cheklanmasdan qogʻoz kitoblardan ham izlanib koʻrish kerak. Agar Ulugʻbek oʻldirilgan joy oʻsha paytdagi Samarqand hududi hisoblanib, hozir Qashqadaryo viloyati tarkiboda boʻlsa, unda AVVAL hududning oʻz davridagi nomi, KEYIN qavs ichida hududning hozirgi nomini yozish mumkin. Agar hamma tarixiy shaxslarning tugʻilgan va vafot etgan joylarini hozirgi geografik nomlarga oʻzgartirib chiqadigan boʻlsak, Amir Olimxon Buxoro amirligida emas, Oʻzbekiston respublikasida tugʻilgan boʻlib qoladi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:35, 2024-yil 24-dekabr (UTC)Javob berish
Toʻgʻri manbalarni juda ishonchli deb boʻlmaydi, biroq maʼlumotda jon bor. Chunki maqolaning bu qismida olimning vafot joyi ayni Samarqand emas, Samarqand yaqini oʻlaroq yozilgan va nufuzli manba bilan tasdiqlangan. Barcha manbalarda ayni Samarqand emas, Samarqand yaqinida deyilgan, chunki chamasi 100 km lar uzoqlikda men yozgan joy. Moʻljal sifatida Samarqand ommalashgan boʻlishi mumkin. Temuriylar imperiyasi davrida Kitob tumani Kesh tarkibidaligini inobatga olgan holda, agar bu munozaraga qolganlar ham fikr bildirib, maʼlumot tasdiqlansa, vafot joyiga — Kesh, Temuriylar imperiyasi deb yozsak boʻladi, menimcha. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 13:32, 2024-yil 25-dekabr (UTC)Javob berish
Ulugʻbek rasadxonasi joylashgan Koʻhak tepaligi ham oʻz davrida Samarqand yaqini deyilgan, hozir Samarqand shahri tarkibiga kiradi. Manbadagi maʼlumot rostligini menga tushuntirish shart emas, qanchalik rost maʼlumot boʻlsa ham nufuzli manba koʻrsatish shart. Jamshid Nurqul (munozara) 20:04, 2024-yil 25-dekabr (UTC)Javob berish
„Mirzo Ulugʻbek“ sahifasiga qaytish.