Munozara:Sabzavot poliz ekinlari kartoshkachilik instituti
Sabzavot poliz ekinlari, kartoshkachilik instituti
tahrirKartoshka (lotincha: Solanum tuberosum L.) — Solanaceae (茄科, qié kē) oilasiga mansub tuganak mevali koʻp-yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir-yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Janubiy Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Janubiy va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshka yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir-yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming-yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565-yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha kartoshka ekilgan umumiy maydoni 17,9 million ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 million t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 millionga), Polsha (1,2 millionga)da koʻp ekiladi. 94.158.62.205 16:56, 28-Iyun 2022 (UTC)