Munozara:Toʻychi Nazarov
Baholash haqida
tahrirAssalomu alaykum @Laziz Baxtiyorov:, @Panpanchik: @Salazarov:, @ShohjahonSobirov:, @Jamshid Nurkulov:, @Kamol Azzam:, @Miss Kamola:, @Hilola Jurakulova:, @Alpasli:, @Umarxon III: bu maqolani Ikromova Guli degan foydalanuvchi yaxshi boʻlmagan holatda yozib chiqqandi, men buni qaytadan yozib chiqdim. Lekin hakam @Boboyev1996: 200 ta soʻz qoʻshilmagan deb, 0 baho qoʻyibdi. Oʻzi maqolani qayta yozib chiqqanimda statistikasida 210 ta soʻz deb chiqqan.Topgan manbalarimni barini oxirida keltirganman. Bundan tashqari, bilgiqutidagi maʼlumotlarni ham qaytadan toʻgʻirlagandim. Men bu maqolaga yana qanday qilib 200 ta soʻz qoʻshishim mumkin? Shu haqida oʻz munosabatlaringizni bildirsangizlar? Agar baholash notoʻgʻri boʻlgan deb hisoblasangizlar, qayta baholashni soʻrayman. Humoyun Qodirov (munozara) 15:27, 11-Iyun 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. @Humoyun Qodirov. Sizning Toʻychi Nazarov maqolasiga kirgazgan tahrirlaringiz maqoladagi soʻzlar sonini oshirmagan aksincha kamaytirgan. Siz maqolani qaytadan yozib chiqganligingizni iddao qilyabsiz lekin qoida boʻyicha soʻnggi tahrirdan keyin soʻzlar soniga qoʻshimcha 200 ta soʻz qoʻshilsa maqola tekshirish uchun koʻrib chiqiladi. Jahongir Boboyev Mirsodiqovcih (munozara) 20:04, 11-Iyun 2023 (UTC)
- Vikipediya birinchi oʻrinda sifat turmaydimi? Mendan oldin tahrir qilgan foydalanuvchi boshida qisqa boʻlgan maqolani tahrir qilgan boʻlsada, sifatsiz amalga oshirgan. Keyin uning tahrirlari toʻliq avtomat tarjima-ku, men esa maqolani qaytadan yozib chiqib, sifatli holatga keltirdim. Hurmatli administratorlar @Abdulla:, @Amir.Temur:, @Artemev Nikolay:, @Casual:, @Gayrat98:, @Kagansky:, @Malikxan:, @Mirzoulug'bek:, @Muxriddin Azimov:, @Nataev:,@Nataeva:, @Ximik1991:, @Xusinboy Bekchanov:, @Jamshid Nurkulov: va hakam @Umarxon III: oldin mavjud maqolani toʻliq qaytadan tahrir qilib, uni sifatli holga keltirsa (maqola kamida 200 ta soʻzdan iborat boʻlsa), ammo yana qoʻshimcha 200 ta soʻz qoʻshilmasa ham baholash kerak deb hisoblayman va shu yuzasidan oʻz fikrlaringizni bilmoqchiman. Shuningdek, keyingi hakam boʻlganlarga eʼtirozim bor, yangi yaratilayotgan (yaʼni tarjima qilingan) va qayta tahrir qilingan maqolalarni oʻqimasdan, aniqrogʻi sifatini (uslubiy, orfografik xatolar, tarjimaning yomonligini) tekshirmasdan baholashmoqda. Birinchi marafonda baholash tartiblari qatʼiy ishlab chiqilgan edi, ammo bu marafonning baholash tartibida qatʼiy talablar keltirilmagan. Shuni ham qayta koʻrib chiqishlaringizni soʻrayman Humoyun Qodirov (munozara) 20:42, 11-Iyun 2023 (UTC)