Muqaddam Ashrafova
Ashrafova Muqaddam (1919 – Toshkent – 1999.22.5) – jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi frontlarida vrachlik qilgan (1943–45). ToshMI II jarrohlik klinikasining or-dinatori (1945–47), davolash fakulteti fakultet jarrogʻligi kafedrasining assistenti (1947–58) va dotsenti (1958–66), 1966-yildan stomatologiya fakulteti umumiy jarrohlik kafedrasining mudiri. 1989-yildan nafaqada. Ilmiy ishlari asosan bosh miya, jigar va taloq jarrohligi masalalariga bagʻishlangan. II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (1994)[1]. Muqaddam „Qizil“ yulduz" mukofotini bezagan va oʻzi ham jasorati va xizmatlari uchun bir necha mukofotlarga sazovor boʻlgan[2].
Faoliyati
tahrirIkkinchi jahon urushi yillarida Ashrapova harbiy shifokor bo‘lib xizmat qilgan, Sovet Armiyasi safiga qo‘shilgan va 1-Ukraina frontida qatnashgan.
Urushdan keyin shifokorlik faoliyatini davom ettirib, oxir-oqibat Konibodom tumanida vrachlik punkti mudiri, keyinroq sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri bo‘ldi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |