Muqaddas Leonard kriptasi
Muqaddas Leonard kriptasi ― Krakovdagi Avliyolar Stanislav va Vaslav sobori ostida joylashgan. Bu Romanesk meʼmorchiligining yodgorligi. Kripta XI-asrda (taxminan, 1038-1039-yillarda) oʻz qarorgohini shaharga koʻchirgan qirol Kazimir I buyrugʻi bilan qurilgan.
XI-asrning oxirida "Germanovska" nomi ostida soborda qurilish ishlari boshlangan. Ehtimol, Vladislav I German ushbu loyihaning homiysi boʻlgan. Sobor 1142-yilda muqaddaslashtirilgan. Ushbu bino haqida koʻp narsa maʼlum: uning tasviri XIII-asr muhrlaridan birida bor. Binoning oʻzi, shu jumladan, Kumush qoʻngʻiroq minorasining poydevori qisman saqlanib qolgan.
Butun kriptani sakkizta ustun koʻtarib turadi. 1118-yilda yepiskop Mavriy dafn etilgan, ammo keyinchalik uning daxmasidan patena va cherkov kosasi olib tashlangan.
Koʻplab Polsha qirollari va mashhur tarixiy shaxslar maqbarada dafn etilgan.
- Mixail Koribut Vishnevetskiy — Rech Pospolitaya qiroli
- Yan III Sobiyeski — Rech PospolitayaRech Pospolitaya qiroli va Vena jangi paytida Polsha armiyasi qoʻmondoni
- Mariya Kasimira — Rech PospolitayaRech Pospolitaya qirolichasi va Yan III Sobiyeskining rafiqasi
- Jozef Ponyatovski — Polsha shahzodasi va Fransiya marshali
- Tadeush Kostyushko — Polsha generali, inqilobchi va inqilobiy urush davrida AQSh armiyasining brigada generali
- Vladislav Sikorskiy — surgundagi Polsha hukumati bosh vaziri va Polsha qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni
Rim papasi Ioann Pavel II 1946-yil 2-noyabrda, ruhoniylikka tayinlanganidan bir kun oʻtib, Avliyo Leonard kriptasi mehrobida birinchi ibodatini bajardi.
Havolalar
tahrir- Krakovdagi Vavel soborining qirollik qabrlari