Muqaddas Shomaqsudovna Xoliqova

Muqaddas Shomaqsudovna Xoliqova (1960-yil 16-aprel, Toshkent, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi. Xoliqova Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Oʻzbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.

Biografiyasi tahrir

Xoliqova Muqaddas Shomaqsudovna 1960-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1981-yilda Oʻzbek Milliy akademik drama teatriga kirish imkoniga ega boʻlgan. U oʻz avlodining eng isteʼdodli aktyori edi va tezda teatrning aktyorlik jamoasiga qoʻshilib ketgan. Teatrda ishlagan vaqt davomida u 80 ga yaqin turli obrazlarni oʻynagan va ularning har birini ochib berishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, u 30 dan ortiq rollarni oʻynagan va turli filmlarda 300 dan ortiq personajlarni ijro etgan[2].

Teatrdagi rollari tahrir

  • „Kuzning birinchi kuni“
  • „Qutqaruv“
  • „Oʻtgan kunlar“
  • „Kuyov“
  • „Yolgʻon gapiradigan yaxshi xotin“
  • „Taxtlar Oʻyini“
  • „Shayton va farishta“
  • „Otello“[1]

Kino rollari tahrir

  • „Sevginator-2“
  • „Poyga“[3]
  • „Vijdon“
  • „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“
  • „Qodirxon“[4]
  • „Oshiqlar“
  • „Qaysarginam“

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Aktrisa Muqaddas Xoliqova koronavirusga chalindi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  2. админ. „О Мукаддас Халиковой, ее семье, инстаграмм, фото ⋆ WWW.SAVOL-JAVOB.COM“ (ru). WWW.SAVOL-JAVOB.COM (2020-yil 3-sentyabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  3. „"Пойга" ("Гонки")“. uzbekkino.uz. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  4. „Снимается 120-серийный сериал «Кадырхан»“. uzbekkino.uz. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.