Muqobil media
Muqobil media — keng tarqalgan va isteʼmoldagi ommaviy axborot vositalariga qarshi boʻlgan va unga muqobil mahsulot ishlab chiqaradigan media tashkilotlari, muassasalari va vositalarining umumiy nomi.
Asosiy ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshiriladigan kontent ishlab chiqarish va taqdimot faoliyatidan biroz farq qiladigan turli amaliyotlarni tushuntirish uchun "fuqarolik mediasi", „fuqarolik jamiyati mediasi“, „ommaviy jurnalistika“, „ochiq nashr“, „ishtirokchi media“, „interaktiv jurnalistika“ , „mustaqil media“, „muxolif media“, „radikal media“, „muqobil media“ kabi turli tushunchalar qoʻllanadi. Ularning har biri muqobil ommaviy axborot vositalarining turli va oʻzaro bogʻliq jihatlariga qaratilgan. Medianing muqobilligining asosiy koʻrsatkichlari; nashrning asosiy motivatsiyasi sifatida foydaning yoʻqligi, media tashkiliy jihatdan ierarxiklikdan uzoqda boʻlgan gorizontal, tenglik va ishtirokchi tuzilmaga ega boʻlishi, ijtimoiy mas’uliyat hissi, ijtimoiy sohadan chetlanganlarga va/yoki ozchilikning oʻzlarini ifoda etish uchun imkoniyatdan foydalanish deb hisoblash mumkin[1].
1960-yillardagi hippi madaniyatining aksilmadaniyat gazetalari, bugungi ittifoq gazetalari, kam byudjetli adabiy jurnallar, marginal musiqa formatlarini translyatsiya qiluvchi raqamli radiostansiyalar yoki radikal siyosiy partiyalar tomonidan tarqatiladigan gazetalar, jamiyat faollarining veb-saytlari, feministik radio dasturlari kabilarni misol qilish mumkin. Bu muqobil media misollarining hammasi asosiy gazetalar, jurnallar yoki radioeshittirishlarda yoritilmagan mavzularga qoʻl uradi. Gravyuralar, bosma nashrlar, flayerlar, plakatlar, fotomontajlar, radio, kino, video va internet ijtimoiy-siyosiy kontekstlarida radikal media sifatida ishlatilgan. [2]
Taʼriflari
tahrirMuqobil media nazariyotchilar tomonidan turli xil taʼriflangan. Muqobil mediaga doir tavsiflovchi tashabbuslarning umumiy urgʻusi oʻquvchi bilan oʻzaro aloqa, ishtirok etishga va tijoratlashtirishga qarshi turishdir. [1]
Muqobil mediani „radikal media“ deb atagan John D.H. Downingga koʻra, muqobil media „odatda, kichik miqyosdagi va gegemon siyosatlarga, ustuvorliklar va perspektiflarga qarshi muqobil qarashlarni taklif qiladigan mediadir“.[3] Misol sifatida 1770-yillardagi Amerika inqilobi davrida tarqatilgan flayerlardan tortib, 1980- va 1990-yillarda OITS haqida ogohlikka chorlovchi videolargacha koʻrsatish mumkin. Radikal mediaga raqs, siyosiy hazillar, veb-saytlar, muqobil video loyihalar kabi faoliyatlarni misol qilib keltirish mumkin.[4] Xulosa qilib aytganda, Downingning fikricha, mediani muqobil qiladigan narsa uning ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar uchun ega boʻlgan potensialidir.[1]
Muqobil nashrlar boʻyicha katta bibliografiya boʻlgan Alternatives in Print tasnifiga koʻra, nashriyot quyidagi mezonlardan kamida bittasiga ega boʻlsa, muqobil deb hisoblanishi mumkin: [1]
- Nashriyot tijoriy boʻlmasligi, nashrning asosiy motivi foyda emas, gʻoyalar boʻlishi kerak.
- Nashrning asosiy gʻoyasi ijtimoiy javobgarlikka yoki ijodiy ifodaga yoki ikkalasining kombinatsiyasiga qaratilishi kerak.
- Nashriyotchilar oʻzlarini alternatif koʻrsatishlari kerak.
Fuchs va Sandoval taʼrifiga koʻra, muqobil media notijoriy va tanqidiy ruhda mahsulot ishlab chiqaradigan mediadir.[1]
Olga Gudes Bailey muqobil mediaga nisbatan toʻrt xil nazariy yondashuvni ilgari surgan. Ushbu nazariy yondashuvlardan biri muqobil mediani asosiy mediaga muqobil sifatida koʻrishdir va ushbu yondashuv doirasida koʻrib chiqilsa, muqobil media toʻrtta belgilovchi xususiyatga ega boʻladi: kichik hajmda boʻlishi va xususiy jamoalar, guruhlarga, ayniqsa, kam imkoniyatli guruhlarga nisbatan farqlilikka hurmat ruhida nashr qilish; davlat va bozordan mustaqil boʻlish; tomoshabinga ochiq, ierarxik boʻlmagan, demokratik va plyuralistik tuzilishga ega boʻlish; hukmron boʻlmagan nutqlar va vakilliklarning tashuvchisi boʻlish.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Alternatif Medya ve Bianet Örneği: Türkiye'de Alternatif Medyaya Dair Etnografik Çalışma“. Ankara Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü doktora tezi, Ankara 2012. 28 temmuz 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 temmuz 2017.
- ↑ „Radikal Medya ile Demokrasiyi Örgütlemek“. Biamag Cumartesi, 6 Mayıs 2017. 29 temmuz 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 temmuz 2017.
- ↑ „Alternatif medyanın eleştirel bir teorisine doğru“. Ayrıntı Dergi, 14 Ağustos 2015. 28 temmuz 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 temmuz 2017.
- ↑ „Alternatif Medya Olarak Yeni Medya“. Akdeniz Üniversitesi İletişim Fakültesi Dergisi. Aralık 2012. Qaraldi: 27 Temmuz 2017.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|accessdate=
va|date=
(yordam)