Murchbobo jome masjidi
Murchbobo jome masjidi — Surxondaryo viloyati termiz shahrida joylashgan jome masjid[1]. Masjid 1930-yillarda Imom Aliboy boshchiligida xalq bilan birga qurilgan. Bu masjid nomi yangi qurilayotgan masjid atrofida o'sgan murch giyohi bilan bog'liq bo'lib, masjidga murch nomini berilishiga sabab bo'lgan shaxs Sayyid Abduvali Samarqandiy Al Mulakkib murch boboi hisoblanadi. Bu shaxs asli Samarqandlik, haj amalini bajargani Termiz orqali o'tadi. Haj amalini ado etib Balx shahri orqali ortiga qaytayotganida o'zi bilan murch oladi. Termiz shahri bu paytda to'qayzor bio'lgan Samarqandiy Termiz shahriga yetganida qaroqchilarga duch keladi qaroqchilar bu insonni shahid qilishadi. Keyinchalik qabr ustiga maqbara qurdiriladi va qabr ustidan Samarqandiy o'zi bilan olgan murch unib chiqadi.
1975-yilda 1989-yilgacha masjid hashar yo'li bilan bosqichma bosqich ta'mirlangan. 1989-yilda masjid to'liq qayta ta;mirlanib kengaytirilgan. 1998-yil 31-iyulda Much bobo jome masjidi Adliya boshqarmasida yana bir bor ro'yhatdan o'tgan[1]. 2005-yilda Murch bobo jome masjidi gumbazi qurilgan. 2009-yilda Murch bobo jome masjidining ayvon qismida ta'mirlsh ishlari amalga oshirilgan. 2003-yildan to bugungi kunga qadar Murch bobo jome masjidida Imom hatib lavozimini Choriyev Nizomiddin Toshbolta xoji o'g'li egallab turibdi. Murch bobo jome masjidida 2000 nafar musulmon bir vaqtning o'zida ibodat bilan shug'ullanishlari mumkin. Masjidga juma ibodatini amalga oshirish uchun 1500-1800 nafar musulmon tashrif buyursa, hayit bayramlarida bu son 2500-3000 nafargacha yetadi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |