Murod Sharifxoʻjayev
Murod Sharifxoʻjayev (1932.20.8, Toshkent — 2008.14.12, Toshkent) – iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1992). Toshkent moliya iqtisod institutini tugatgan (1953). Shu institutda aspirant, assistent, katta oʻqituvchi (1953—1963), dotsent (1963—1967), xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri (1967—1979). Oʻzbekiston Davlat plan qoʻmitasi (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti direktori (1975—1976), Toshkent xalq xoʻjaligi instituti rektori (1976—1986), Qurilish komplekslari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish va kayta tayyorlash instituti prorektori (1986—90), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1990—1991). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisi (1994—1995), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining rektori (1995-yil aprel—iyul). Toshkent moliya instituti rektori (1991—2005)[1].
Murod Sharifxoʻjayev | |
---|---|
![]() | |
Mansab davri 2005-yil 27-yanvar – 2006-yil 27-yanvar | |
Prezident | Islom Karimov |
Bosh vazir | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Ilgizar Sobirov |
![]() | |
Mansab davri 1994-yil – 1995-yil | |
Prezident | Islom Karimov |
Bosh vazir | Abdulhoshim Mutalov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-avgust 1932-yil Toshkent, OʻzSSR |
Vafoti |
14-dekabr 2008-yil (76 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Alma mater | Toshkent moliya iqtisod instituti |
Ilmiy unvoni | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), iqtisod fanlari doktori (1976) |
Mukofotlari |
![]() Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1992) |
Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan taʼminlash va boshqa masalalarga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi[1].
2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-yil fevraldan 2006-yil 27-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi[1].
Asarlari
tahrir- Kapitalnoye stroitelstvo v Uzbekistane i yego materialnotexnicheskaya baza, T., 1971;
- Ekonomicheskiye problemi proizvodstva stroitelnix materialov, T., 1971;
- Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti, T., 2000;
- Menejment, T., 2001;
- Oʻzbekiston. Yangi gʻoyalar, yangi yutuqlar, T., 2002;
- Oʻzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi, T., 2003;
- Chelovek, opredelivshey epoxu, M, 2004;
- Davrni belgilab bergan inson, T., 2004 (hammualliflikda).
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Murod Sharifxoʻjayev“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 5-jild (Konimex — Mirzoqush). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |