Murodilla Xolqoʻziyev

Murodilla Nurmatovich Xolqoʻziyev (1899.27.5., Toʻraqoʻrgʻon tumani — 1966.22.2, Samarqand) — anatom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), tibbiyot fanlari doktori (1944), professor (1949). Qozon tibbiyot institutini tugatgach (1931), shu institut normal anatomiya kafedrasida aspirant (1931-35), assistent (1935-42), dotsent (1942—45). 1948-yildan SamTI normal anatomiya kafedrasining mudiri. Ilmiy ishlari anatomiyaning turli masalalari, nerv sistemasining morfologiyasiga oid.