"Musajon va Valijon"- afgʻon xalq ertak-dostoni. Dostonda Suxayl degan juda qahrli, qattiqqoʻl podsho tasvirlanadi. Suxayl dostonning qahramonlaridan boʻlmish Musajonning qayligʻini tortib oladi. Musajon oʻz sevgilisni ozod qilishga bel bogʻlaydi. Qayligʻining ismi Guljon. Bu ishga bojasi Valijon ham yordam beradi. Valijonning ham podshohda qasdi bor edi. u yer masalasida podshohga teskari boʻlib qolgan edi. Podshoh uning yerini tortib olib, sudxoʻrni yoqlagan edi. Xullas, ertakdagi Musajon va Valijon podshohga qarshi boʻlgan jangda halok boʻlishadi. Bu ertakning shu tarzda tamom boʻlishi butun sharq ertaklariga oʻxshamaydi. Ertakning soʻnggida , Valijon va Musajonning xotinlari podshohning oʻzini va uni kuzatib borayotgan sarbozlarini oʻldiradilar. Shunday qilib, ertakning muhimligi shundaki, ertak-dostonda ayollar qahramon sifatida koʻtariladilar va podshohga boʻlgan hujum qizgʻin tasvirlanadi.

Manbalar

tahrir

Afgʻoniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti