Musasho Mirzoshoyev— 1871-yili tug‘ilgan, O‘zSSR Qoradaryo rayoni Berdiqo‘rg‘on qishloq soveti Payshanba qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq ruhoniy, hozirgi vaqtda imom. Qoradaryo rayonida mavjud bo‘lgan millatchi, aksilinqilobiy, isyonchi guruhning faol aʼzosi sifatida kolxozchilar orasida kolxozlardagi ochlik to‘g‘risida mag‘lubiyatchilik tashviqotini olib borganlikda, aksilinqilobchi Mulla Nizomiddin orqali muhojirlikdagi aksilinqilobiy musulmon ruhoniyati bilan bevosita aloqada bo‘lganlikda ayblangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 29 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.