Meli Musayev
Meli Musayev (1914-1969) — sovet-o‘zbek rassomi. O‘zbekiston SSR xalq rassomi (1950).
Tarjimai hol
tahrirMeli Musayev 1914-yil 1-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1935-yilda Samarqand rassomchilik bilim yurtini tamomlagan. 1930-yildan O‘zbekiston teatrlarida, jumladan, 1943-1969-yillarda A.Navoiy nomidagi Davlat badiiy teatrida postanovkachi-rassom bo‘lib ishlagan, 1953-yilda A.Spendiaryanning “Almast” operasi (rahbar T.Sodiqov, rejissor S.Muhammedov ) spektakli bezak ishlarini qilgan[1]
El ardoqlagan musavvir 1969-yil 18-dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.
Bezaklashtirilgan baletlari
tahrir• S.N.Vasilenkoning “Oqbilak” (1943-1946-yillarda)
• L.Delibning "Koppeliya" (1947-yilda)
• G.A.Mushelning “Balerinachi” (1949-1952-yillarda).
• I.V.Morozovning "Doktor Aybolit” (1954-yilda)
• K.A.Qorayevning “Yetti go‘zal” (1955-yilda)
• F.Z.Yarullinning “Shurale” (1956-yilda)
• L.V.Feyginning "Don Juan" (1964-yilda)
• I.I.Akbarovning “Layli va Majnun” (1968-yilda)
• A.Adananing "Korsar” (1968-yilda)
• M.B.Leviyevning “Suhayl va Mehri” (1969-yilda)
• “Muhabbat tumori” M.Ashrafiy (1969-yilda)
Unvon va mukofotlar
tahrir• Uchinchi darajali Stalin mukofoti – A.Navoiy nomidagi davlat akademik opera va balet teatri sahnasida sahnalashtirilgan T.S.Sodiqov va R.M.Gliyerning “Gulsara” opera spektakli dizayni uchun.
• O‘zbekiston SSR xalq rassomi (1950-yilda).
• Lenin ordeni (1959-yilda)
• ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni
• “Shon-sharaf belgisi” ordeni (1951-yilda)[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Мусаев Мели Tashkentpamyat.ru
- ↑ О награждении орденами и медалями работников литературы и искусства Узбекской ССР 18.12.1951